Gʻazoda urush boshlanganiga 5 oy boʻldi. Kunning eng muhim xabarlari dayjesti
Isroil Gʻazoga hujum qilganiga roppa-rosa besh oy boʻldi. Urushning eng soʻnggi kunining muhim xabarlari dayjesti.
▪️ Oʻtgan
tunda ishgʻolchilar Gʻazo sektorining Dayr al-Balah, Nuseyrat lageri va Rafahga hujum
qildi.
▪️ 25
soat ichida 86 kishi halok boʻldi, 113 kishi yaralandi.
▪️ 5 oy
ichida Gʻazo sektorida 30 717 nafar falastinlik halok boʻldi, 72 156 kishi
yaralandi. Ularning aksariyati ayollar va bolalardir.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda ishgʻolchilar Ramallah, Tubas va Xevronga bostirib kirdi. Bir falastinlik
halok boʻldi, oʻnlab odamlar hibsga olindi, jumladan ozod qilingan mahbuslar
qaytadan olib ketildi.
▪️ Gʻazo
Sogʻliqni saqlash vazirligi: Ochlikdan oʻlgan aholi soni 20 kishiga koʻtarildi. “Biz
ishonamizki, oʻnlab odamlar kasalxonalarga etib borguncha ochlikdan tinchgina
oʻlmoqda”.
▪️ Janubiy
Afrika Xalqaro sudni Gʻazoda ocharchilikning oldini olish uchun Isroilga qarshi
qoʻshimcha favqulodda choralar koʻrishga chaqiradi.
▪️ Husiylar yoʻnalishni oʻzgartirish
boʻyicha bir necha marta buyruq berganidan soʻng Amerikaning True confidence kemasini
oʻqqa tutdi. AQSh maʻʻlumotlariga koʻra, 3 kishi halok boʻlgan, 4 kishi yaralangan.
Bular Qizil dengizdagi husiylar
operatsiyalari davomidagi birinchi qurbonlardir.
▪️ Shifa
kasalxonasi: Ochlik va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotganlar kechayu kunduz
tez yordam boʻlimiga oqib kelishmoqda.
▪️ Bosqinchi OAV: Xon-Yunisdagi qarshilik
kuchlarining hujumi bir ofitserning oʻlimiga va koʻp sonli yaradorlarga olib keldi,
ularning barchasi uzoq muddatli reabilitatsiyaga muhtoj boʻlib, armiya harbiy
saflarini yangi jangchilar bilan toʻldirishga toʻgʻri keladi.
▪️ Xitoy tashqi ishlar vaziri Van:
Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealar insoniyat uchun fojia, tsivilizatsiya uchun esa
sharmandalikdir.
▪️ Evropa
Ittifoqi oliy vakili Xosep Borel: Gʻazoda insoniyatning ishlashiga imkon beradigan
deyarli hamma narsa yoʻq qilindi: mulk, infratuzilma, madaniyat va sogʻliqni
saqlash, maktablar...