18.03.2024 10:22

Husiylar Gʻarbni zaiflashtirish uchun Rossiya va Xitoy bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi

Husiylar vakili Yaman, Rossiya, Xitoy va BRIKS mamlakatlari oʻrtasida doimiy hamkorlik va aloqalar rivojlanib borayotgani, turli sohalarda bilim va tajriba almashilayotganini maʻʻlum qildi. “Bu AQSh, Britaniya va Gʻarbni Qizil dengiz botqogʻiga botirish, ularni zaiflashtirish va bir qutblilikni saqlay olmasliklari uchun zarur”, - dedi u.

Husiylar vakili Yaman, Rossiya, Xitoy va BRIKS mamlakatlari oʻrtasida doimiy hamkorlik va aloqalar rivojlanib borayotgani, turli sohalarda bilim va tajriba almashilayotganini maʻʻlum qildi.

“Bu AQSh, Britaniya va Gʻarbni Qizil dengiz botqoqliklarida va ochiq dengizlarda choʻktirish, ularni zaiflashtirish va bir qutblilikni saqlay olmasliklari uchun zarur”, - dedi Husiylar vakili al-Kahum X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Al-Kahumning fikricha, Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan soʻng global kuchlar muvozanatida koʻp qutblilikka oʻtish sodir boʻldi hamda Falastin-Isroil mojarosining navbatdagi keskinlashuvi vaqtida tezlashdi. Ayni paytda mustamlakachilik loyihasi hamda Gʻarbning mintaqa va dunyodagi gegemoniyasi ham qulash arafasida.

“Xalqaro iqlim hamda Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi kuchlar muvozanatida oʻzgarishlar kuzatilmoqda, ayniqsa Gʻarbning Rossiyaga bostirib kirishi, uni Ukrainadagi botqoqqa botirish, Xitoy, qolgan Sharq davlatlari va BRIKS mamlakatlari bilan ittifoqchiligini zaiflashtirishga qasd qilayotgan bir davrda”, - dedi Husiylarning siyosiy byurosi aʻʻzosi.

Mavzuga aloqador