09.08.2024 14:35

Sudanda yogʻingarchilik va suv toshqinlari qurbonlari soni 77 kishiga etdi



Oxirgi uch kun ichida Nil daryosi provintsiyasida 34 kishi halok boʻldi, yuzlab odamlar yaralandi.
 
Soʻnggi uch kun ichida Sudanning Nil daryosi viloyatida sodir boʻlgan suv toshqinlari oqibatida 34 kishi halok boʻldi, yana 588 kishi jarohatlandi, deya xabar beradi Sudan Qizil Yarim Oy jamiyati.

24 104 ta uy toʻliq, 8016 uy qisman vayron boʻlgan, deyiladi xabarda.

Shimoliy viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi soʻnggi uch kun ichida kuchli yomgʻir va suv toshqini tufayli 11 kishi halok boʻlgan va 86 kishi jarohatlanganini qayd etdi.

Salbiy oqibatlar viloyatdagi 2385 ta uyga taʻʻsir koʻrsatdi, ularning 2488 tasi qisman, 346 tasi toʻliq vayron boʻldi.

Mamlakatda iyunʻ oyidan beri kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida halok boʻlganlar soni 77 nafarga etdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sudandagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi mamlakatni qamrab olgan kuchli yogʻingarchiliklar sabab boʻlgan suv toshqini oqibatlaridan 73 ming kishi zarar koʻrgani, 14 ming uy qisman yoki toʻliq vayron boʻlganini maʻʻlum qildi.

Ayni paytda Sudanning 18 viloyatidan 11 tasida suv toshqinlari kuzatilmoqda, 21 370 kishi uyini tark etishga majbur boʻldi.

Sudan Sogʻliqni saqlash vazirligining 5 avgust kuni maʻʻlum qilishicha, iyunʻ oyidan buyon mamlakatning etti viloyatida kuchli yomgʻir va toshqinlar oqibatida 32 kishi halok boʻlgan, yana 107 kishi jarohatlangan.

Sudanda iyuldan oktyabrgacha kuchli yogʻingarchilik, sel va toshqinlar har yili 100 dan ortiq odamning oʻlimiga, oʻn minglab uylar, ish joylari va ekin maydonlarining zararlanishiga sabab boʻladi.

Mavzuga aloqador