Tel-Aviv Gʻazo sektorini qayta tiklash masʻʻuliyatini Falastinning arab qoʻshnilari, xususan, BAA zimmasiga yuklamoqchi.

Tel-Aviv Gʻazo sektorini qayta tiklash masʻʻuliyatini Falastinning arab qoʻshnilari, xususan, BAA zimmasiga yuklamoqchi. Bu haqda Bloomberg Isroil iqtisodiyot vaziri Nir Barkatga tayanib yozmoqda.

"Hozirda bor eʻʻtiborimizni urushda gʻalaba qozonishga qaratmoqdamiz. Urush tugashi bilan butun dunyodagi doʻstlarimizga murojaat qilamiz”, — degan siyosatchi.

Agentlikning ayniqlik kiritishicha, mintaqaviy kuchlar Isroil Falastin davlatini yaratishga rozi boʻlmaguncha Gʻazoni tiklashdan bosh tortishi mumkin.

Yanvarʻ oyida Davosdagi xalqaro iqtisodiy forumda Falastin sarmoya jamgʻarmasi rahbari, Falastinning yangi bosh vaziri lavozimiga asosiy daʻʻvogar Muhammad Mustafo Isroilning Gʻazo sektoridagi zarbalari natijasida vayron qilingan uylarni tiklash uchun kamida 15 milliard dollar kerak boʻlishini aytgandi.

Isroilning eksklavga bostirib kirishi boshlanganidan beri 350 mingga yaqin uy zarar koʻrgan yoki vayron boʻlgan, shundan 150 mingtasi butunlay vayron qilingan. Mustafoning taʻʻkidlashicha, bitta binoni tiklash uchun kamida 100 ming dollar kerak boʻladi.

"Biz hali infratuzilma, shikastlangan shifoxonalar, aloqalar haqida gapirmayapmiz", - deya qoʻshimcha qildi siyosatchi.

2014 yilda Isroilning Gʻazoga bostirib kirishi ortidan Qatar qayta qurishga 1 milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratgandi. Biroq, agar eksklav Isroil ishgʻoli ostida qolsa, Doha Gʻazoni qayta qurishda ishtirok etadimi yoki yoʻqmi, aniq emas.

16 yanvarʻ kuni AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Falastin eksklavi bir necha yildan keyin yana vayron boʻladigan boʻlsa, arab davlatlari sektorni qayta tiklashda ishtirok etishni istamasligini aytdi. Arab davlatlari rahbarlari Blinken bilan suhbatda har qanday mintaqaviy kelishuvda Falastin davlatchiligi muhimligini taʻʻkidladilar.

Diplomatning soʻzlariga koʻra, Yaqin Sharqdagi mavjud “yangi tenglama”ga koʻra Isroilning arab va musulmon qoʻshnilari Tel-Avivni mintaqaga integratsiya qilishga tayyor, biroq Falastin davlatchiligi evaziga.

Mavzuga aloqador