Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 319 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar

▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Shati lageri, Dayr al-Balah va Rafahda uchta ommaviy qirgʻin uyushtirdi. 24 soat ichida 40 kishi vafot etdi.

▪️ Genotsid boshlangan 7 oktyabrdan beri Isroil hujumlari natijasida halok boʻlgan gʻazoliklar 40 139 nafarga, yaralanganlari 92 743 nafarga etdi. 

 ▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Jenin va Nablusga bostirib kirdi. Jenin qarshilik jangchilari fashistlar bilan jang qilishdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Tel al-Hava hududida bosqinchilarning 3 ta "Merkava" tanki va boshqa texnikasini yoʻq qildi. Rafahda ham bosqinchilar guruhiga hujum qilindi. 

▪️Hizbulloh Livan bilan chegaradagi Zarit va Ramim ishgʻol kazarmalariga hujum qildi. 

 ▪️Bosqinchilar Livandagi Bekaa vodiysiga hujum qildi. 8 kishi yaralandi, qurbonlarning ikki nafari suriyalik qochqinlarning bolalari. 

▪️BMTdagi natsistlar vakili: BMT goʻzal bino, lekin uni er yuzidan yoʻq qilish kerak.

▪️Jazoir prezidenti Abdulmajid Tebbun Misr-Gʻazo chegarasi ochilishi bilan 20 kun ichida u erda uchta shifoxona qurish, yuzlab shifokorlar joʻnatish va sionistlar vayron qilgan barchasini tiklashga yordamlashishga vaʻʻda berdi.

Mavzuga aloqador