Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 161 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo markazi va Xon Yunisga hujum qildi. Bir kunda 70 kishi halok boʻldi, 110 kishi yaralandi. Isroilning 7 oktbyardan buyon amalga oshirayotgan hujumlari natijasida jami 31 341 kishi halok boʻldi, ularning aksariyati ayollar va bolalardir.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Al-Faraa, Tulkarm va Xevron lagerlariga bostirib kirdi. Qarshilik jangchilari Al-Faraa lagerida bosqinchilarga qarshi kurash olib bordi.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo markazida yordam kutayotgan odamlar yana hujum qildi. 20 kishi halok boʻldi, 155 dan ortiq kishi yaralandi. Merganlar jasadlarni olishga uringan odamlarni ham otib tashlagan.

▪️ Gʻazo hukumati: 20 kun ketma-ket bosqinchilar gumanitar yordam olishga kelgan Gʻazo aholisini oʻqqa tutmoqda. Dushman odamlar yordam kutayotgan joylarning koordinatalarini biladi va ularni ataylab otib tashlamoqda.

▪️ Isroil tomonidan cheklovlar joriy etilayotganiga qaramasdan, Masjidul Aqsoda 70 mingdan ortiq falastinlik taroveh namozini oʻqidi.

▪️ Soʻnggi 24 soat ichida AQSh Yamanning Hodeyd va Haj mintaqalariga 14 marta zarba berdi.

▪️ Human Rights Watch: Isroilning Gʻazoda tinch aholi ochligini qurol sifatida qoʻllashi urush jinoyati hisoblanadi.

▪️ Falastin Madaniyat vazirligi: Bosqinchilar Gʻazoda 45 nafar yozuvchi, sanʻʻat va madaniyat arboblarini oʻldirdi.

▪️ McDonald's Isroil bilan bogʻliq boykotlar tufayli oʻz qiymati 7 mlrd dollarga qisqargani haqida eʻʻlon qilganidan soʻng kompaniya aktsiyalari 3 foizga arzonlashdi.

▪️ Amerikalik senator Piter Uelch: bugun biz Gʻazoda ochlikdan aziyat chekayotganlarga havodan oziq-ovqat etkazyapmiz va Isroilga ertaga Gʻazoga tashlashi uchun bombalar etkazib bermoqdamiz.

Mavzuga aloqador