15.12.2023 20:10

Isroil-Falastin urush: kunning eng muhim xabarlari dayjesti

Isroilning Gʻazo sektori va Gʻarbiy Sohilda Falastin xalqiga qarshi vayronkor tajovuzi ortidan halok boʻlganlar soni kamida 18 897 (Gʻazoda – 18700) kishiga koʻpaydi, 55 ming (51 ming) dan ortiq kishi jarohat oldi. – WAFA


Ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohil va Sharqiy Quddusda yana 16 nafar falastinlik ushlanganidan soʻng 7 oktyabrdan buyon Isroil harbiylari tomonidan qoʻlga olingan falastinliklar soni 4420 nafarga koʻtarildi. Anadolu


Falastin prezidenti Mahmud Abbos Ramallohda AQSh milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jek Sallivan bilan uchrashuvda Isroilning davom etayotgan tajovuzi, xususan, shu kunlarda Gʻazoda Falastin xalqiga qarshi amalga oshirilayotgan genotsidni zudlik bilan toʻxtatish zarurligini taʻʻkidlab, tinch aholini Isroil urush mashinasi keltirib chiqargan qaygʻu va vayronagarchilikdan saqlab qolishni talab qildi. – WAFA


Gʻazo sektori janubidagi toʻqnashuvlarda Isroil armiyasi 9-tank brigadasining 23 yoshli tank qoʻmondoni Shay Uriel Pizima halok boʻldi. – Anadolu


Isroil kuchlari ishgʻol ostidagi Sharqiy Quddusda faoliyat koʻrsatayotgan Anadolu fotomuxbiri Mustafo Harufni xizmat paytida qattiq kaltakladi. Jurnalist kasalxonaga yotqizilgan, Harufning yonidagi operator Faiz Abu Rumeylega ham hujum qilingan. – Anadolu


Al-Jazira televideniesining Gʻazodagi muxbiri Dahduh va uning operatori Abu Dakka Xon Yunis shahrida, koʻchirilganlar yashaydigan Ferhane maktabi yaqinida Isroil askarlari tomonidan yarador qilindi. – WAFA


Gollandiya sudi inson huquqlari tashkilotlarining Isroil Gʻazo sektoridagi urushda foydalanayotgan F -35 qiruvchi samolyotlari uchun ehtiyot qismlar etkazib berish boʻyicha daʻʻvosini rad etdi. - Al Jazeera


Evropa Ittifoqi va 13 davlat, jumladan Buyuk Britaniya, Frantsiya va Ispaniya falastinliklarga qilingan hujumlarni qoralab, Isroilni ishgʻol ostidagi Gʻarbiy Sohilda koʻchib kelgan yahudiylar 343 ta zoʻravonlik holatida 8 falastinlikni oʻldirgani, 83 nafarini yaralagani va 1026 mahalliy aholini uylarini tark etishga majburlaganiga qarshi aniq va shoshilinch choralar koʻrishga chaqirdi. – Anadolu


AQSh demokrat senatori Elizabet Uorren Meta kompaniyasining bosh ijrochi direktori Mark Tsukerbergga maktub yoʻllab, undan Falastin tarafdori postlari cheklanayotgani va tsenzura qilinayotgani haqidagi daʻʻvolarga oid savollariga javob berishini soʻradi. – The Intercept


AQShda Isroilni tanqid qiluvchi muhim shaxslar va muassasalarning “ovozini oʻchirish” uchun tashkil etilgan hamda “Silikon vodiysi”dagi texnologiya kompaniyalari rahbarlaridan tortib, yirik moliyachilar va isroillik amaldorlargacha aʻʻzosi boʻlgan J-Ventures guruhining Falastin tarafdorlarini qoʻrqitish, ishdan boʻshatish va boshqalar bilan shugʻullanib kelayotgani fosh boʻldi. Anadolu

 

 

 

Mavzuga aloqador