Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 160 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo markazi, Xon Yunis va Rafahga hujum qildi. Kun davomida 88 kishi halok boʻldi, 135 kishi jarohat oldi.

▪️ 7 oktbyardan buyon isroil hujumlari natijasida jami 31 272 kishi halok boʻldi, 73 024 kishi yaralandi.

▪️ Bosqinchilar Gʻazo janubidagi BMTga tegishli yordam taqsimlash markazida yordam kutayotgan odamlarga bombali hujum qildi. Natijada 6 kishi shahid boʻldi, 83 kishi yaralandi. Halok boʻlganlar va yaradorlar Shifa shifoxonasiga etkazildi.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Qalqilya, Erixo, Abi Dis va Nablusga bostirib kirdi. Oʻnlab falastinliklar hibsga olingan.

▪️ Livan Hizbullohi Al-Obod sharqida isroillik askarlar guruhiga hujum qilganini bildirdi.

▪️ Gʻarbiy Sohildagi Shyafat lagerida bosqinchilar tomonidan oʻldirilgan 13 yoshli Rami Hamdanning otasi bosqinchilar haligacha bolaning jasadini ularga bermaganini maʻʻlum qildi.

▪️ Italiya falastinlikni ekstraditsiya qilish boʻyicha Isroilning soʻrovini rad etdi. Italiya sudiga koʻra, "u shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatga duchor boʻlish xavfi bor".

▪️ Amnesty International rahbari: Isroil toʻliq jazosiz xalqaro huquqni buzishda davom etmoqda. Gumanitar yordamni havo orqali etkazish va Gʻazoda gumanitar port yaratish bu qonunbuzarliklarni bartaraf etishga yordam bermaydi.

▪️ HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniya: Maydon va muzokaralar ikkita parallelʻ chiziqdir. HAMAS muzokaralarda qarshilik harakatining dahosi va buyukligini taʻʻkidlab, Falastin xalqiga qarshi hujumlarni toʻxtatish uchun bor kuchi bilan harakat qilmoqda.

Mavzuga aloqador