Bombalanayotgan Gʻazo: 158-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 158 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.
▪️ Bosqinchilar Dayr al-Balah, Jabaliya, Tal az-Zatariy
hududi, Zaytun hududi hamda Gʻazo va Rafah markaziga hujum uyushtirdi.
▪️ Kun davomida 67 kishi halok boʻldi, 106 kishi tan jarohati oldi.
Gʻazodagi agressiya davomida jami 31 122 kishi halok boʻldi, 72
760 kishi yaralandi. Isroil hujumlari
qurbonlarining 72 foizi bolalar va ayollardir.
▪️ Gʻarbiy
Sohilda bosqinchilar falastinliklarni oʻldirish va hibsga olish uchun reydlar
uyushtirmoqda. Tulkarmda 2 falastinlik shahid boʻldi. Oʻnlab odamlar, jumladan,
Al-Aqso masjidiga namoz oʻqish uchun kelgan dindorlar hibsga olingan.
▪️ Bosqinchilar yana
Gʻazo markazida insonparvarlik yordami kelishini kutayotgan odamlarga oʻt ochdi. Natijada 9 kishi
halok boʻldi, 20 dan
ortiq kishi tan jarohati oldi.
▪️ YuNRVA
rahbari Filipp Lazzarinining taʻʻkidlashicha, ishgʻolchilar Gʻazoga oʻta muhim tibbiy
yordam, jumladan, birlamchi
yordam vositalarini olib kirishni taqiqlagan.
▪️ Gʻazo hukumati
matbuot kotibi Husni Mexna
Isroil blokadagi natijasida
Gʻazoda kishi boshiga ichimlik suvi miqdori 90 litrdan 2
litrga tushganini maʻʻlum
qildi.
▪️ Bosqinchilar
Livan shimolidagi Baalbek shahriga hujum qildi. 1 kishi halok boʻldi, 6 kishi
yaralandi.
▪️ Livan
Hizbullohi Isroilning Jalila va bosib olingan Golandagi pozitsiyalariga 100 dan
ortiq raketa zarbasi berdi.
▪️ Husiylar: Raketalarimiz Qizil
dengizdagi Amerikaning «Pinokkio»
kemasiga tegdi. Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ramazon oyida
harbiy amaliyotlarimiz yanada kuchayadi.