Bangladesh muvaqqat hukumati rohinja qochqinlarini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi, dedi 18 avgust kuni yangi bosh vazir, Tinchlik boʻyicha Nobelʻ mukofoti sovrindori Muhammad Yunus.  

Shuningdek, u diniy taʻʻqiblar tahdidi tufayli Mʻyanmani tark etishga majbur boʻlgan qochqinlar muammosini hal qilish uchun xalqaro hamkorlik zarurligini taʻʻkidladi.

“Hukumatimiz Bangladeshdan boshpana topgan bir milliondan ortiq rohinjalarni qoʻllab-quvvatlashda davom etadi. Bizga xalqaro hamjamiyatning rohinjalar uchun gumanitar operatsiyalarni oʻtkazish va oxir-oqibat oʻz vatanlari Mʻyanmaga xavfsiz, qadr-qimmat va barcha huquqlarni hurmat qilgan holda qaytarish boʻyicha saʻʻy-harakatlarini davom ettirish kerak”, – dedi Yunus Dakkadagi diplomatlar bilan uchrashuvda.

Maʻʻlumot uchun, hozirda 1 milliondan ortiq rohinja qochqinlari Bangladeshda boshpana topgan. Ularning aksariyati 2017 yilda Mʻyanmadagi harbiy toʻqnashuvlardan qochib kelgan.

Mavzuga aloqador