Vakillar palatasi Bayden impichmenti boʻyicha tergov oʻtkazilishini maʻʻqulladi
AQSh Kongressi Vakillar palatasi mamlakatning amaldagi prezidenti Jo Baydenga nisbatan impichment tekshiruvini oʻtkazishga ruxsat beruvchi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi.
Tashabbusni 221 respublikachi qoʻllab-quvvatladi. 212 demokrat
kongressmen unga qarshi ovoz berdi.
Tergov Oq uy
rahbarining oʻgʻli Xanter Baydenga ham taalluqli. Respublikachilar u oʻz biznes faoliyatida otasining
taʻʻsiridan foydalanganligini
iddao qilmoqda.
Maʻʻlumot uchun, AQShning avvalgi prezidenti Donalʻd Trampga 2016 yildan 2020 yilgacha davlat rahbari boʻlgan davrida Vakillar palatasi tomonidan ikki marta impichment eʻʻlon qilingan, biroq Senatdagi ovoz berishdan keyin u oqlangan edi.