14.03.2025 11:51
182

Avstraliyada islomofobiya oʻsib bormoqda



Avstraliyada islomofobiyaga asoslangan jinoyatlar soni 2023 yil yanvardan to 2024 yil dekabrgacha boʻlgan davrda ikki baravardan koʻproqqa oshgan. Bosqinchi isroilning Falastindagi genotsidi boshlanishi bilan islomofobik hodisalar atigi uch hafta ichida 1300 foizga koʻpaygan. 

Oʻtgan yili musulmonlarga nisbatan jami 309 ta hujum qayd etilgan boʻlib, bu avvalgi yillarga qaraganda 2,5 baravar koʻpdir. Onlayn hujumlar soni esa uch baravarga ortib, 366 taga etgan. Asosiy jabrlanuvchilar ayollar va oʻsmir qizlar boʻlib, ularga qarshi zoʻravonliklar umumiy hujumlarning 75 foizini tashkil etdi.

Nozik jins vakilalari erkaklarga qaraganda koʻproq jismoniy hujumlarga uchramoqda.

Masalan, bir holatda besh farzandning onasi boʻlgan musulmon ayol savdo markazida hushidan ketgunicha kaltaklangan. Oʻshanda islomofob terrorchi ayolga: “Men roʻmolingni boshingdan yulib olaman va seni zoʻrlayman,” deya tazyiq oʻkazgani maъlum boʻlgandi.

Mavzuga aloqador