AQShda tojikistonliklar ommaviy hibsga olindi
AQShda sakkiz nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Qayd etilishicha, tojikistonliklar bir muncha vaqt davomida Federal qidiruv byurosi (FQB) kuzatuvida boʻlgan va soʻngra hibsga olingan.
AQShda
sakkiz nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu
haqda NBC News telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari mamlakatning turli
burchaklarida, jumladan Nʻyu-York, Los-Anjeles va Filadelʻfiyada shubhali shaxslarni
qoʻlga olgan. Operatsiyada AQSh immigratsiya va bojxona xizmati xodimlari ham ishtirok
etgan.
Bundan tashqari, manbalar hibsga olinganlar bir muncha vaqt
Federal qidiruv byurosi(FQB)ning kuzatuvida boʻlganini aniqladilar. Shundan soʻng
FQB xodimlari bir paytlari sobiq SSSR tarkibida boʻlgan mamlakat fuqarolarining
terrorchilarga aloqasi bor, degan xulosaga kelishgan.
Eslatib
oʻtamiz, avvalroq AQSh hukumati Kaliforniya chegarachilariga Meksikadan noqonuniy
oʻtgan Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston
fuqarolarini zudlik bilan deportatsiya qilishni topshirgan edi. Boshqa davlat
fuqarolari esa sudga kelish majburiyati bilan ozod qilinmoqda.