Urojentsu Afganistana vmenili podgotovku terakta na vyborax v SShA

AQShning Oklaxoma shtatida afgʻonistonlik 27 yoshli Nosir Ahmad Tavhediy 7 noyabrda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovi kuni qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirganlikda gumonlanib qoʻlga olindi. Tergovga koʻra, u IShID tomonidan “ilhomlantirilgan”.

AQSh Federal qidiruv byurosi Afgʻoniston fuqarosini Amerika prezidenti saylovi kuni qoʻporuvchilik harakatini amalga oshirishni rejalashtirganlikda gumon qilib, hibsga oldi, deb xabar berdi AQSh Adliya vazirligi.

27 yoshli Nosir Ahmad Tavhediy, tergovchilarga koʻra, IShID qoʻporuvchilik harakati tomonidan «ilhomlantirilgan».

Associated Press agentligining qoʻshimcha qilishicha, yigit Oklaxoma-Siti shahrida (Oklaxoma shtati) hibsga olingan.

Qayd etilishicha, afgʻonistonlik qurol sotib olgan va boshqa bir oʻsmir bilan terakt uyushtirmoqchi boʻlgan. Uning ehtimoliy sherigi ham qoʻlga olingan. Hibsga olingan afgʻonga qoʻyilgan ayblovlar tasdigʻini topsa, jami 35 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Mavzuga aloqador