06.02.2024 10:58

Quddusda fanatik yahudiylar tez‑tez nasroniy ruhoniylariga hujum qilmoqda

Ishgʻol ostidagi Quddusda fanatik yahudiy koʻchmanchilar nasroniy ruhoniylarga ham tez‑tez hujum uyushtirmoqda. Isroil hukumati hujumchilarni jazolash masalasiga jiddiy qaramaganlikda ayblanmoqda.

Iordaniya va Quddusdagi Evangelist Lyuteran cherkovining sobiq episkopi Munib Yunan ishgʻol ostidagi Quddusda fanatik yahudiylarning nasroniy ulamolarga qarshi hujumlari kuchaygani va Isroil hukumati hujumchilarni jazolash borasida “jiddiy emas”ligini maʻʻlum qildi.

Sobiq episkop Munib Yunan Anadolu agentligiga bergan bayonotida nasroniy ulamolar va muqaddas joylarga hujumlarning ortganiga eʻʻtibor qaratdi.

“Agar hujumlarga javob berilmasa, ular davom etadi. Ulardan birini jazolashgina toʻsiq boʻladi”, - dedi u.

Xususan, yaqindagina sodir boʻlgan voqeaga aloqador fanatik yahudiylarning qoʻlga olinganini taʻʻkidlagan Yunan Katolik cherkovi Benediktin ordenining Muqaddas zamindagi abboti Nikodim Shnabelga uyushtirilgan hujumni qoraladi.

Episkop hujumchilar uy qamogʻiga olinganini va bu jazo toʻxtatuvchi omil emasligini taʻʻkidlab, “Bu jazomi?” degan savolni oʻrtaga tashladi.

“Davom etayotgan hujumlar yahudiy diniy maktablarida gijgijlashdan dalolat beradi”, dedi va Isroil politsiyasi shikoyatlarni jiddiy qabul qilmasligini qoʻshimcha qildi.

Nima sodir boʻlgan edi?

Bir necha kun oldin bosib olingan Sharqiy Quddusda ikki nafar fanatik yahudiy protoiereya Nikodim Shnabelga tupurib, haqorat qilishdi. Isroil politsiyasi ikki nafar fanatik yahudiy oʻsmirni, ulardan biri 17 yoshda, bosh ruhoniyga tupurganlari sababli hibsga oldi.

Avvalroq, oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida Sharqiy Quddusda Sukkot (yahudiylar bayrami) uchun yigʻilgan ayrim mutaassib yahudiylar Eski shahardagi tarixiy xristian cherkovi oldida erga tupurishgan edi.

Soʻnggi yillarda yahudiy koʻchmanchilar tomonidan Sharqiy Quddusdagi nasroniylar, din arboblari va muqaddas joylarga hujumlar kuchaygan.

Nasroniy guruhlar va ruhoniylar Isroil hukumatini yahudiy koʻchmanchilarning hujumlarini jazosiz qolishiga yoʻl qoʻyganlikda ayblamoqda.

Mavzuga aloqador