Turkiyalik Daron Ajemoʻgʻli Nobelʻ mukofotini qoʻlga kiritdi
Shvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi Massachusets texnologiyalar instituti professorlari Daron Ajemoʻgʻli va Saymon Jonson, shuningdek, Chikago universiteti professori Jeyms Robinsonni iqtisodiyot boʻyicha 2024 yilgi Nobelʻ mukofotiga loyiq topdi.
Mukofot
olimlarga "Institutlarning shakllanishi va ularning farovonlikka taʻʻsiri
haqidagi tadqiqotlari uchun" topshirildi.
Ushbu
nominatsiya mukofotning boshqa asosiy nominatsiyalardan farqli ravishda Alʻfred
Nobelʻ xotirasiga atab Shvetsiya milliy banki tomonidan taʻʻsis etilgan. Mukofot iqtisodiyot
sohasidagi yutuqlar uchun beriladi.
Laureatlarni
taqdirlash marosimi 10 dekabrʻ — Alʻfred Nobelʻ vafot etgan kunda oʻtkaziladi.
Jeyms
Robinson va Daron Ajemoʻgʻli hammuallifligidagi «Mamlakatlar tanazzuli sabablari»
(Why Nations Fail) kitobi oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Unda nima uchun ayrim
mamlakatlar farovonroq ekani haqida soʻz boradi.