Oʻzbek marshali Abdul Rashid Doʻstum Afgʻonistonga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi
Oʻzbek marshali Abdul Rashid Doʻstum Afgʻonistonga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi. Uning Tolibonga qarshilikni qayta tashkil etish hamda Afgʻonistonni ozod qilishni rejalashtirayotgani maʻʻlum qilindi.
Afgʻonistonlik
oʻzbek qoʻmondoni, marshal Abdul Rashid Doʻstum Afgʻonistonni ozod qilish maqsadida
mamlakatga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi. U Tolibonga qarshilikni qayta
tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya xabar
bermoqda Yeni Şafak “Defance Pakistan”ga tayangan holda.
Qayd
etilishicha, Doʻstumning qaytishi Afgʻonistondagi siyosiy muvozanatga taʻʻsir qiladi
va mojarolarni chuqurlashtirishi mumkin.
Eslatib
oʻtamiz, Abdul Rashid Doʻstim 2021 yil avgustida Afgʻoniston hokimiyatiga Tolibon
kelishi bilan 14 avgust kuni oʻzbek-afgʻon chegarasini kesib oʻtib, Oʻzbekistonga oʻtgan
edi. Manbalarga koʻra, marshal ayni paytda Toshkentda istiqomat qilmoqda.