7 oktyabrʻ – dunyoni larzaga solgan Falastin inqilobi kuni
Sionistlar va ularning hamkorlari uchun 7 oktyabrʻ larzaga soluvchi voqea boʻldi. HAMAS uchun esa cheklangan maqsadlar bilan boshlangan ushbu voqea Falastin inqilobining yakuniy bosqichi boʻldi. Biroq jarayon genotsid va aparteid rejimiga qarshi umummilliy ozodlik harakatiga aylanib ketdi – Sidneyda joylashgan Gegemoniyaga qarshi tadqiqot markazi direktori Tim Anderson maqolasidan.
Oʻtgan yilning 7 oktyabrigacha Isroil rejimi ikkita tayanchga ega
edi: harbiy kuch va xalqaro homiylar. 7 oktyabrdan soʻng uning harbiy kuchi yoʻq
qilindi, unda faqat xalqaro homiylargina qoldi. Albatta, Gʻarb ommaviy axborot
vositalarida HAMASning muvaffaqiyati dahshatli voqea sifatida yoritildi. Chindan
sionistlar va ularning hamkorlari uchun 7 oktyabrʻ larzaga soluvchi voqea boʻldi,
ammo bu bosqinchilarning barcha ozodlik harakatlarini “terrorizm” deb hisoblashini
tasdiqladi. HAMAS uchun cheklangan maqsadlar bilan boshlangan ushbu voqea Falastin
inqilobining yakuniy bosqichiga aylandi: jarayon genotsid va aparteid rejimiga
qarshi umummilliy ozodlik harakatiga aylanib ketdi.
Falastin haqidagi afsonalar faqatgina kuchli targʻibotning
natijasi emas; bu ingliz-amerikaliklarning mustamlakachilikni tugatish boʻyicha
xalqaro huquqni va zulm ostidagilarning qarshilik koʻrsatish huquqini ham tan
olmaslikdan kelib chiqadi. Biroq bunday adolatsizliklar ikkiyuzlamachilik orqali
xaspoʻshlandi. Vashington Liviya va Suriyadagi mutlaqo soxta “inqiloblar”ga harbiy
yordam koʻrsatishga oshiqdi-yu, ammo negadir
Yaman va Falastindagi haqiqiy inqiloblarni bostirish uchun qoʻlidan
kelganicha harakat qilmoqda.
Irlandiyadagi 1916 yilgi Pasxa qoʻzgʻoloni singari, 7 oktyabrʻ
hujumlari kutilmagan edi, ammo tez orada bostirildi. Qarshilik harakati tomonida
katta qurbonlar boʻldi va tinch aholiga nisbatan dahshatli jazo choralari
qoʻllanildi. Biroq Irlandiya qoʻzgʻoloni kabi, u vijdonlarni uygʻotdi va keng
koʻlamli ozodlik urushini alangalatdi.
1. Qoʻzgʻolon
Gʻazo operatsiyasi “Al-Aqso toʻfoni” deb nomlandi – bu
isroilliklarning Quddusdagi al-Aqso masjidiga ketma-ket bostirib kirishiga ishora
boʻlib, bundan musulmonlarning “erlari, muqaddas joylari, Al-Aqso masjidi va
hibsda saqlanayotgan mazlumlarni ozod etish” koʻzlangandi. HAMASning harbiy qanoti
al-Qassam boshchiligida bir nechta Falastin qarshilik guruhlari koalitsiyasi
(xususan, al-Quds brigadalari va Fatahning al-Aqso shahidlar brigadalari) tashkil
etildi va ularning koʻpchiligi 2024 yilgacha Isroil kuchlariga qarshi qurolli
hujumlarda faol ishtirok etdi.
2023 yil 7 oktyabrʻ tongida HAMAS boshchiligidagi koalitsiya
ishgʻol ostidagi Falastin janubiga minglab raketalar bilan hujum qildi. Jangchilar
bulʻdozerlar, motorli qayiqlar, mototsikllar va hatto bir motorli delʻtaplanlar yordamida toʻsiqlarni yorib oʻtishdi.
Falastinlik jangchilar Beyt Xanun chegarasi, Zikim bazasi va Reymdagi Gʻazo
boʻlinmasi shtab-kvartirasidagi kamida uchta harbiy bazaga kirishdi. Ular
harbiylarga engil qurollar bilan hujum qilib, Isroil harbiy xizmatchilari va
fuqarolarini asir olishdi.
Isroilliklar bostirib kirishni va garovga olishni toʻxtatish
uchun ertalabgi soat oʻnlar atrofida chegara hududlarini bombardimon qila
boshladilar. Shundan soʻng darhol Gʻazo sektorini keng koʻlamli bombardimon qilish
boshlandi. Hujum goʻyoki qurolli guruhlarni bostirish uchun amalga oshirilgani
aytilsa-da, aslida bu harakatlar butun Gʻazo aholisini jazolash maqsadida amalga
oshirilgandi. Tinch aholining qatliom qilinishi, hatto baʻʻzi Gʻarb ommaviy axborot
vositalarida ham genotsid sifatida baholandi.
Afsuski, 7 oktyabrʻ kunidagi falastinlik qurbonlar haqida hech
qanday rasmiy maʻʻlumot yoʻq. Biz faqat Isroil manbalariga tayandik. Bu biz uchun
haqiqiy muammo, chunki Isroil rejimi yolgʻon va tsenzuraga asoslanadi. U oʻz
manfaatlarini koʻzlab, ayniqsa “xavfsizlik operatsiyalari” haqida notoʻgʻri
maʻʻlumotlar tarqatishdan ham uyalmaydi.
Shuningdek, biz Isroil kontekstida “fuqarolar” deb
atalayotganlar haqida bir narsani eʻʻtiborga olishimiz kerak: deyarli barcha voyaga
etgan isroillik harbiy zaxirada xizmat qiladi. Yahudiy koʻchmanchilarining
aksariyati kuchli qurollantirilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Isroil manbalariga
koʻra, 7 oktyabrʻ kuni 360 dan 441 nafargacha xavfsizlik kuchlari (askarlar va
politsiya xodimlari) halok boʻlgan, yana kamida 346 nafari Isroilning Gʻazo sektoridagi
keyingi hujumi paytida oʻldirilgan. Xuddi shu manbalarga koʻra, 700 dan 800
nafargacha “tinch aholi vakili” halok boʻlgan, yana 251 nafar “oddiy aholi” va
askarlar asirga olingan. Qarshilik harakati ushbu asirlarni ("garovga
olinganlar") Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan minglab falastinliklarga
almashtirmoqchi edi. Jami 1139 nafar isroillik halok boʻlgani aytildi.
1973 yilgi urushdan beri Isroil harbiylariga bunday keng
koʻlamli zarba berilmagandi. 2023 yilgacha “Isroil-Gʻazo mojarosi”da halok
boʻlganlar soni bir necha ming falastinlik, asosan tinch aholi va bir necha oʻnlab
isroillik, asosan harbiylardan iborat edi.
Biroq 7 oktyabrʻ voqealari Isroil rejimi, harbiylari va
birinchi yordam koʻrsatuvchilar tomonidan boʻrttirib talqin qilindi. Ular musiqa
festivalida “40 nafar boshi kesilgan chaqaloq”, ommaviy zoʻrlash va yoshlarning
oʻldirilishiga guvoh boʻlganliklarini daʻʻvo qilishdi.
Bu uchta toʻqib chiqarilgan afsona mustaqil dalillar, jumladan
Isroilning oʻz eʻʻtiroflari bilan rad etildi:
● Koʻplab ommaviy axborot vositalari HAMAS tomonidan isroillik
chaqaloqlarning boshi kesilganiga oid daʻʻvolarni rad etdi, ammo Prezident Jo
Bayden bu chaqaloqlarning suratlarini koʻrganini takrorlashdan charchamadi. Times
gazetasi esa "Isroil mayib chaqaloqlar suratlarini eʻʻlon qildi"
sarlavhasini ishlatdi. Shu bilan birga, 2024 yilga qadar isroillik askarlarning
yosh bolalarni ataylab nishonga olgani hujjatlashtirilgan. Oq uy Baydenning boshi
kesilgan bolalarning suratlarini koʻrgani haqidagi notoʻgʻri yoki uyalmasdan
aytilgan gaplarini “qaytarib olishga" majbur boʻldi.
● Ommaviy zoʻrlash – BBC va The Guardian nashrlari tomonidan
takrorlangan ushbu daʻʻvolarga qaramay, Isroil hukumati biron-bir aniq zoʻrlash
qurbonlari aniqlanganini aytmadi, shuningdek, bu daʻʻvolarni tasdiqlovchi video
yoki sud-tibbiyot tahlillarini taqdim etmadi. "Times of Israel"
gazetasi Zaka birinchi yordam koʻrsatuvchilarining "rad etilgan
maʻʻlumotlari" HAMASning "ommaviy zoʻrlash" haqidagi umumiy
hikoyasiga "shubha uygʻotgani"dan norozilik bildirdi.
Biroq, Gʻazoda isroillik askarlarning falastinlik ayollarni
zoʻrlashi va oʻldirishi, shuningdek, isroilliklarning erkak falastinlik mahbuslarni
zoʻrlashi oshkor boʻldi. Ammo bu jinoyatlar baʻʻzi Isroil ommaviy axborot vositalari
tomonidan oqlab chiqildi.
● Musiqa festivalidagi tinch aholini qirgʻin qilish HAMAS
jangchilariga qarshi eng asosiy ayblov edi. Ular chindan ham baʻʻzi katta yoshli
"fuqarolar"ni oʻldirib, asirga olgan. Biroq, Isroil armiyasi Gannibal
koʻrsatmasiga binoan (askarlarning asirga olinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tengsiz
kuch ishlatishni nazarda tutadi) qarshilik jangchilari kirib borgan uchta harbiy
obʻʻektga hujum qildi. Isroil samolyotlari qochib ketayotgan 70 ta transport
vositasini yoʻq qildi. Isroillik tank qoʻmondoni “garovga olish” paytida Bieri
kibbutsiga oʻq uzilganini tan oldi. Koʻpgina nashrlar 7 oktyabrʻ kuni Isroil
fuqarolarining oʻldirilishiga asosan Isroil harbiylari aybdor degan xulosaga
kelishdi. Bu oʻlimlar "Gannibal koʻrsatmasi" boʻyicha "oʻz kuchlarining
oʻqi" tufayli yuz bergani aytiladi.
Xullas, bolalarni oʻldirish, zoʻrlash va tinch aholini qatl etish
haqidagi daʻʻvolar koʻp oʻtmay Isroil kuchlarining oʻzi tomonidan sodir etilgani fosh
boʻldi. HAMAS boshchiligidagi qoʻzgʻolon Gʻazo garnizonining katta qismini yoʻq qilish,
butun harbiy va razvedka tizimini ruhiy tushkunlikka tushirish va 200 dan ortiq
asirni qoʻlga olish singari natijalar bilan yakunlandi.
2023 yil oxirida ayollar va bolalarning dastlabki
almashinuviga qaramay, Isroilning Gʻazodagi qirgʻinni toʻxtatishdan bosh tortishi keng
koʻlamli asirlar almashinuvi istiqboliga putur etkazdi.
Isroilning mashhur razvedkasi muvaffaqiyatsizligidan
shubhalanganlar orasida bularning barchasi ortida sionist rejimi (xususan,
Netanyaxu) turibdi, degan nazariya paydo boʻldi. Chunki u oʻtmishda HAMASga baʻʻzi
imkoniyatlar berib, Falastindagi islomiy kuchlar va dunyoviylik tarafdorlari
orasida nizo urugʻini sochgan edi. Ularning fikricha, 7 oktyabrdagi hujumlar soxta
bayroq operatsiyasining bir qismi boʻlgan. Lekin HAMAS allaqachon boshqa qarshilik
guruhlari va falastinliklar hurriyatini istovchi davlatlar bilan aloqa oʻrnatgan
edi. Shuni va Isroil harbiylariga etkazilgan ulkan zararni hisobga olsak, 7
oktyabrʻ voqealari soxta bayroq koʻtarish emas, balki ajoyib harbiy operatsiya
boʻlgani oydinlashadi.
2. Qarshilik koʻrsatish huquqi
1960 yillarda (nafaqat davlatning, balki) xalqning oʻz
taqdirini oʻzi belgilash huquqini tan olish, bu huquqni rad etishga qarshi turish
huquqini ham bilvosita tan olishga olib keldi. Shunga qaramay, milliy huquq
tizimlari hali ham boʻlingan holda qolmoqda: qarshilik koʻrsatish huquqi odatda
postkolonial va postfashistik davlatlar tomonidan ijobiy tan olinsa-da, mutlaq
hokimiyatli davlatlar (masalan, Buyuk Britaniya), markaziy gegemon kuch (AQSh) va u
boshchiligidagi davlatlar tomonidan rad etiladi.
Suriyalik-amerikalik olim va diplomat Fayz Saeg 1965 yilda
yozgan “Falastindagi sionist mustamlakachiligi” maqolasida arablarning huquqlari
va BMT nizomidagi qarshilik koʻrsatishning yashirin huquqini asoslab, 1917-1948
yillarni “arablar qarshiligining eng yorqin davri” deb atagandi. U 1964 yilda
musulmonlar Falastin ozodlik tashkilotini tashkil etish orqali tashabbusni oʻz
qoʻliga olgani va "himoya qilinmagan huquqlar yoʻqotilgan huquqlarga aylanishi”
mumkinkigini taʻʻkidladi. Shubhasiz, 1966 yilda BMT Bosh Assambleyasi aparteidni
“insoniyatga qarshi jinoyat” deb eʻʻlon qildi. 1982
yilda esa BMT Bosh Assambleyasi “mustamlaka va chet el hukmronligi ostidagi
xalqlarning, xususan Janubiy Afrika, Namibiya va bosib olingan Falastin
xalqlarining oʻz taqdirini oʻzi belgilash va mustaqillik huquqini” tasdiqladi
hamda “xalqlarning barcha mavjud vositalar, jumladan qurolli kurash orqali
mustamlakachilar zulmidan ozod boʻlishga intilishi qonuniyligi”ni eʻʻtirof etdi.
Ushbu 1982 yilgi rezolyutsiya, shuningdek, “Falastin xalqining oʻz
taqdirini oʻzi belgilash, suverenitet, mustaqillik va Falastinga qaytish boʻyicha
ajralmas huquqlarining rad etilishi va Isroilning mintaqa xalqlariga qarshi
takroriy tajovuz harakatlari xalqaro tinchlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid”
ekanligini taʻʻkidladi. 1984 yilda BMT Xavfsizlik Kengashi BMT Bosh
Assambleyasining ushbu qarorlarini “Janubiy Afrikaning jabr tortgan xalqlarining
ommaviy birlashgan qarshiligini maʻʻqullagan holda” keng qoʻllab-quvvatladi.
Shunga qaramay, 1960 yillarning boshidan Janubiy Afrikadagi
aparteidga qarshi qurolli kurashning etakchi kuchlari boʻlgan Nelson Mandela va
Afrika Milliy Kongressi (ANK) 2008 yilgacha AQShning “terrorchilar” roʻyxatida
qoldi. AQSh hukumati sovuq urush davomida aparteid rejimi bilan hamkorlik qildi
va unga sarmoya kiritdi, uni kommunizmga qarshi tayanch deb bildi. Faqatgina xalq
ommasi bosimi ostida 1986 yilda aparteidga qarshi qonun qabul qilindi. Bu qonun
“hukumat Mandela va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga rozi boʻlmaguncha va
qora tanlilar bilan “insofli muzokaralar” olib borilmagunicha Janubiy Afrikaga
qarshi iqtisodiy sanktsiyalar” joriy etdi. Vashington aparteidga qarshi kurashga juda
kech qoʻshildi.
Xuddi shunday, Janubiy Afrikadagi aparteid rejimi bilan
oxirigacha hamkorlik qilgan Buyuk Britaniya hukumati 1987 yilda, yaʻʻni Mandela
qamoqdan ozod qilinishidan atigi bir yil oldin, Mandela va Afrika milliy
kongressini “terrorchilar” deb eʻʻlon qildi. Britaniya ham, AQSh ham 1986 yilda
aparteid rejimiga qarshi sanktsiyalar toʻgʻrisidagi taklifga veto qoʻydi. Boshqacha aytganda,
Britaniya va AQSh Janubiy Afrikadagi aparteid masalasida va unga ichkaridan
qarshilik koʻrsatgan kuchlarga munosabatda xalqaro hamjamiyat bilan jiddiy
kelishmovchiliklarga ega edi. Britaniya va AQSh doimiy ravishda mustamlakachilik,
okkupatsiya va aparteidga qarshilik koʻrsatish huquqini rad etib keldi.
BMT Bosh Assambleyasining 1974 yildagi 3314-sonli rezolyutsiyasi
(Agressiya taʻʻrifi toʻgʻrisida)ga koʻra, “oʻz taqdirini oʻzi belgilash, erkinlik va
mustaqillik huquqidan mahrum qilingan va chet el istilosiga duchor boʻlgan
xalqlarning ushbu maqsad yoʻlida kurashishi hamda BMT nizomi tamoyillariga muvofiq
yordam soʻrashi va koʻmak olish huquqi” tasdiqlangan.
1949 yilgi Jeneva konventsiyalarining 1977 yildagi Qoʻshimcha
protokoli esa bosib olingan xalqlar uchun qarshilik koʻrsatishning aniq huquqlarini
tasdiqlagan. Boshqa tegishli huquqiy manbalar qatoriga BMT Bosh Assambleyasining
1965 yildagi 2105-sonli (Afrika mustamlakachilikka qarshi kurashlari toʻgʻrisida),
1970 yildagi 2625-sonli (oʻz taqdirini oʻzi belgilashning rad etilishiga qarshilik
koʻrsatish huquqi toʻgʻrisidagi odatiy huquqni aks ettiruvchi) rezolyutsiyalari va
Xalqaro sud adolatining 2004 yildagi qarori (Isroil devori haqida, Xalqaro sud
noqonuniy bosqinchi subʻʻektning “oʻzini oʻzi himoya qilish” daʻʻvolarini rad etgan)
kiradi. Bundan tashqari, 1988 yildan boshlab, Falastin oʻzini davlat sifatida
eʻʻlon qilgach va BMTda millat sifatida tan olinganidan soʻng, unga BMT Nizomining
51-moddasi asosida xorijiy tajovuzdan (yaʻʻni isroilliklardan) milliy oʻzini oʻzi
himoya qilish huquqi berildi.
Shunday boʻlsa-da, sobiq mustamlaka rejimlarining aksariyati
"nodavlat aktorlar"ning xorijiy tajovuz, okkupatsiya va aparteidga
qarshi turish huquqini tan olmaydi. Garchi bu huquq xalqaro huquqda mustahkam oʻrin
olgan va dunyo konstitutsiyalarining taxminan 20 foizida aks ettirilgan boʻlsa-da,
shunday holat kuzatiladi.
Masalan, AQSh oʻz imperiyasini mustamlakachilikka qarshi inqilob
natijasida qurgan boʻlsa-da, qullik, ichki mustamlakachilik va doimiy ravishda chet
el hududlarini egallash tarixi tufayli erkinlik gʻoyalarini hech qachon izchil
qoʻllamagan. Shunday qilib, Vashington oʻzining gegemon dunyosini aniq ikkiyoqlama
standartlar asosida qurgani bilan Evropa imperiya kuchlaridan farq qilardi. Ikki
asr muqaddam (1829 yilda) janubiy amerikalik ozodlik kurashchisi Simon Bolivar
aytganidek, “Qoʻshma Shtatlar taqdiri Amerikani ozodlik nomi ostida
azob-uqubatlarga duchor qilish uchun belgilanganga oʻxshaydi”.
Shunga qaramay, oʻz davlatlarining anʻʻanalaridan taʻʻsirlangan,
ammo mustamlaka jinoyatchiligi haqidagi ochiq-oydin dalillarga duch kelgan Gʻarb
sharhlovchilari koʻpincha qoʻrqoqlik bilan “axloqiy tenglik” daʻʻvolariga suyanishadi.
Masalan, ular Falastin qarshiligi shafqatsiz Isroil harbiylari bilan teng yoki
“har ikki tomon aybdor” kabi qarashlarni ilgari surishadi.
Amerikalik advokat Stenli Koen shunday deb yozgan: “Qarshilik
koʻrsatish huquqidagi “qurolli kurash” atamasi ushbu qarorda aniq taʻʻrifsiz nazarda
tutilgan va boshqa koʻplab dastlabki qarorlar mahalliy aholining bosqinchini
haydab chiqarish huquqini qoʻllab-quvvatlagan. Shimoliy Amerikadagi sobiq qul va
ozodlik faoli Frederik Duglas taʻʻkidlaganidek, kurashsiz taraqqiyot boʻlmaydi.
Ozodlik tarafdori boʻlib, lekin harakatning qadriga etmaydiganlar, er
haydamasdan hosil olishni istaydiganlar kabidir... Bu kurash axloqiy yoki jismoniy
boʻlishi mumkin; yoxud ham axloqiy, ham jismoniy boʻlishi mumkin; lekin kurashish
shart. Hokimiyat talabsiz hech narsa bermaydi. Hech qachon bunday boʻlmagan va
boʻlmaydi ham”.
Kanadaning SJMPE guruhi BMT tomonidan belgilangan chegaralar
doirasida qarshilik koʻrsatish huquqini tan olishni hujjatlashtiradi, ayni paytda
Kanada davlati (boshqa ingliz-amerika dunyosi kabi) bu huquqni tan olmasligini
taʻʻkidlaydi. Isroil rejimining homiysi boʻlgan Kanada hatto zoʻravon boʻlmagan
Falastin guruhlariga, masalan, Boykot, Divest va Sanktsiya harakatiga ham qarshi
chiqadi va “Isroilni xalqaro huquq buzilishlari uchun javobgarlikka tortish boʻyicha
har qanday jiddiy choralarni, shu jumladan nodavlat tashkilotlarning Xalqaro
jinoiy suddan tovon talab qilish harakatlarini qatʻʻiy ravishda toʻsib qoʻygan”.
Butun Ingliz-Amerika bloki va Isroil rejimining Germaniya va
Frantsiya kabi boshqa homiylari xalqaro huquq va BMT tizimiga mutlaqo zid ravishda
barcha Falastin qarshilik guruhlarini taqiqlagan. Shunga qaramay, Isroil va uning
homiylari tomonidan "terrorchi" sifatida taqiqlangan guruhlarning hech
biri (HAMAS, Falastin Islom jihodi, FXOF va boshqalar) BMT Xavfsizlik Kengashi
tomonidan taqiqlanmagan. Aksincha, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik
Kengashining Birlashgan roʻyxatiga asosan, Liviya, Iroq, Suriya, Livan va Yaman
boʻylab AQShning soʻnggi proksi urushlarini qoʻllab-quvvatlagan IShID va Jabhat
al-Nusra soxta islomiy terroristik guruhlari va ularning tarmoqlari kiritilgan.
Hizbulloh kabi Falastin yoki mintaqaviy qarshilik guruhlarining hech biri BMT
Xavfsizlik Kengashi roʻyxatida yoʻq. Ushbu qoidadan yagona istisno Yamanning
“Ansorulloh” harakatidir. Guruh 2015 yildan beri BMT Xavfsizlik Kengashi
tomonidan (soxta bahonalar bilan) sanktsiyalangan.
Gʻarbning qarshilik koʻrsatish huquqini hurmat qilishdan bosh
tortishi jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, "New York
Times" (NYT) – u asosiy onlayn qidiruv tizimi Google va keng tarqalgan
onlayn entsiklopediya Vikipediyada asosiy ovoz hisoblanadi – falastinliklarga
qarshi maqolalari bilan tanilgan. Nashr muntazam ravishda Isroilni
"demokratiya" (garchi "xavf ostida" boʻlsa ham) va Falastin
qarshilik guruhlarini "terrorchilar" deb ataydi. Qarshilik guruhlari
Isroil harbiylarini, Isroil esa falastinlik tinch aholini nishonga olgan taqdirda
ham bu holat oʻzgarmaydi. Vikipediyaning mantigʻi shundaki, oʻquvchilar NYT kabi
"obroʻli" ikkilamchi manbalarga ishonishlari va birlamchi manbalarga (yaʻʻni
asl tadqiqotlarga) eʻʻtibor bermasliklari kerak. Bu mantiqqa koʻra, dunyo jaholat
ichida saqlanadi va xalqaro huquq tamoyillariga xiyonat qilinadi.
3. Yakunlovchi mulohazalar
“Al-Aqso toʻfoni” operatsiyasi – HAMAS boshchiligidagi Falastin
qarshilik koʻrsatish fraktsiyalarining madronavor tashabbusi boʻlib, u kutilganidan
ham muvaffaqiyatliroq boʻldi. Ushbu hujum Isroil bosqinchilarining ruhiyatini
shikastladi va oʻziga Livan, Eron, Yaman va Iroqdan mintaqaviy qarshilik
koʻrsatishning sezilarli yordamini jalb qila oldi.
HAMASning mahbuslarni almashish maqsadi muvaffaqiyatsiz boʻldi,
chunki harbiy taʻʻsir tufayli Isroil rejimi oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha
muzokaralarga rozi boʻlmadi.
Mustamlakachilikdan ozod boʻlish va postkolonial meʻʻyorlarni
hurmat qiladigan xalqaro hamjamiyat Falastinni ozod qilishning ushbu muhim
bosqichini keng ommaga tanitishi zarur. Zero ushbu urush, ehtimol, erk uchun kurashning
yakuniy bosqichi boʻlishi mumkin. Falastinliklar va ularga xayrixoh ovozlar 7
oktyabrʻ tarixini qayta yozib, bu ramzni zolimlar qoʻlidan tortib olishlari lozim.
Gʻarb rejimlari va ularning ommaviy axborot vositalari
Isroilning Gʻazodagi tinch aholiga qarshi jinoyatlarini, jumladan katta miqdordagi
bolalar oʻlimini yashirishga urinmoqda. Aslida, koʻplab dalillar shuni koʻrsatadiki,
gʻayriinsoniy terrorizm ayblovlari koʻproq Isroil operatsiyalariga taalluqli boʻlib,
hozirda Xalqaro sud tomonidan genotsidning “ehtimolga yaqin” harakatlari sifatida
baholanmoqda. Hatto Rim papasi Frantsisk ham Isroilning Gʻazodagi terrorchilik
harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Qarshilik koʻrsatish huquqining “inkor etilishiga” qarshi turish
bugungi davr ehtiyoji hisoblanadi. Chunki bu Isroilning genotsid rejimini
“demokratiya” darajasiga koʻtarishga yordam beradi. Shu bois barcha qarshilik
guruhlari “terrorchilar” deb nomlanmoqda.
Tim Anderson, Sidneyda joylashgan Gegemoniyaga qarshi tadqiqot markazi direktori