19.12.2023 20:46

Falastinliklar nega HAMASni ayblamayapti?


Chunki Falastinning xohish irodasini ifoda etib, uni ozod va mustaqil davlat tashkil topishiga harakat qilmoqda.Maʻʻlumki, Gʻazoda HAMAS tashkiloti 2007 yilda garchi Falastinda koʻpchilikning ovoziga ega boʻlib, hukumat qurgan boʻlsa ham Gʻarbning 200 Siyosati oqibatida bu hukumat tan olinmadi. Hozirda oʻsha 2006 yildan beri Gʻazo mintaqasini oʻz nazoratida saqlab keladi va uning aholisining ehtiyojlarini imkon etgancha qondirib kelishga harakat qilyapti. Oʻsha erdagi yashovchi xalq HAMASni qoʻllab-quvvatlashyapti. 
Musulmonlar boʻlayotgan voqealarga va HAMASga nisbatan qanday pozitsiyada boʻlishi kerak?
Dunyoning qaerida boʻlmassin, musulmon doimo zolimning qarshisida, mazlumning yonida turishi kerak. Dinimiz shunga buyuradi. HAMAS zolimga qarshi kurashayotgani bois, Falastin ozodligi va tinchligini qoʻllab-quvvatlaymiz. Adolatsizlik yoʻli bilan 1948 yilda tashkil topgan Isroil davlati va Falastin oʻrtasidagiqonli urushlar toʻxtamayapti. 
Dunyo siyosatchilarning fikricha, urushni 1967yildagi chegaralar hududida ikki Falastin va Isroil davlatini tuzish davlat tuzish orqali toʻxtatiladi. Ammo bu echim Isroilni qoniqtirmaydi, sababi  koʻplab bosib olingan hududlarni Falastinga qaytarib berish kerak boʻladi.