Turkiyada mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar
Foto: Fahrettin Altun
Turkiyada
mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar
31 mart –
yakshanba kuni Turkiyada mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar boʻlib oʻtadi. Yaʻʻni
fuqarolar hokim va mahalla oqsoqollarini saylashadi. Turkiya prezidenti
huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi, professor Fahrettin Altun Turkiyada
boʻlib oʻtadigan saylovlarning oʻziga xos jihatlari, fuqarolarning saylov
jarayonlariga ishonchi qanday taʻʻminlanishi, ushbu saylovlar natijalarining xalqaro
ahamiyati va boshqalar toʻgʻrisidagi mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Azon Global uning
maqolasini toʻliq holda eʻʻtiboringizga havola etadi.
Adolatli,
shaffof va muntazam saylovlar zamonaviy demokratik davlatlarning eng asosiy
unsuridir. Demokratiyaning minimal sharti shundan iboratki, boshqaruvchilar
oʻz vakolatlari va hokimiyat kuchini saylovchilardan, yaʻʻni boshqariluvchilaridan
oladilar. Bu vakolatlar muntazam oʻtkazilib boriladigan saylovlar orqali
yangilanib boradi. Saylovlar orqali saylovchilar oʻz nomzodlarining siyosatlari va
faoliyatiga ovoz beradi hamda
ularni ijobiy yoki salbiy maʻʻnoda baholaydi.
Turkiya 1946 yilda
koʻppartiyaviylik joriy qilinganidan beri muntazam, adolatli va shaffof saylovlar
oʻtkazilgan mamlakatlar roʻyxatining boshida kelmoqda. Turkiyada saylovlar Oliy
Saylov Kengashi (Markaziy Saylov Komissiyasi) (YSK) kabi tashkil etilgan
muassasalar orqali mustaqil sudyalar nazorati ostida oʻtkaziladi. Shuning uchun
Turkiya saylov xavfsizligi va fuqarolarning saylov jarayoniga ishonchini taʻʻminlash
nuqtai nazaridan rivojlangan siyosiy madaniyatga ega.
Turkiyadagi saylov va ovoz berish jarayoniga ishonchni
saylovlardagi xalq ishtiroki koʻrsatkichlarida ham koʻrish mumkin. Turkiya, 2023 yil
14 may kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik
va Parlament saylovlari bilan Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD)
davlatlari orasida saylovda qatnashish darajasi boʻyicha eng yuqori ishtirok
nisbatiga ega 3-davlat boʻldi. Oliy Saylov Kengashi maʻʻlumotlariga koʻra, 14 may
kuni boʻlib oʻtgan saylovda ichki ishtirok darajasi 88,92 foizni tashkil etgan
boʻlsa, prezidentlik
saylovining ikkinchi bosqichi oʻtkazilgan 28 may kuni boʻlib oʻtgan saylovda bu
koʻrsatkich 85,72
foizni tashkil etgan edi.
OECD va Xalqaro demokratiya va saylovga
yordam instituti (IDEA)
maʻʻlumotlariga koʻra, Turkiya 14 may kuni boʻlib oʻtgan ichki saylovlarda ishtirok
etish darajasi bilan AQSh, Frantsiya,
Germaniya va Buyuk Britaniya kabi koʻplab OECD`ga aʻʻzo Gʻarb davlatlarini ortda
qoldirdi. Bu maʻʻlumotlarning yana bir diqqatga sazovor tomoni shundaki, Turkiyada
saylovda qatnashish darajasi Shvetsiya, Daniya, Yangi Zelandiya, Islandiya, Niderlandiya
va Norvegiya kabi saylovda qatnashish 80 foiz atrofida boʻlgan davlatlardan ham
yuqori ekanligidadir.
Turkiya, joriy yil 31 mart,
yakshanba kuni mahalliy hokimiyat organlari rahbarligiga
nomzodlar uchun yana bir bor ovoz beradi. Turkiyaning demokratik
qadriyatlarga sodiqligi va mahalliy hukumatlarga nisbatan innovatsion qarashlarini
koʻrsatuvchi 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy hokimiyat umumiy saylovlari
milliy va xalqaro maydonda katta ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda ushbu saylov
jarayonida xavfsiz va adolatli sharoitlarda olib borilgan saylov kampaniyalari
Turkiyaning mahalliy hukumatlarga berilgan ahamiyat nuqtai nazaridan mintaqada
demokratik etuklikka ega etakchi davlatlardan biri ekanligidan dalolatdir.
Xalqning talab va ehtiyojlarini qondirishda birlamchi bosqich
boʻlgan mahalliy hokimliklar zamonaviy standartlarga mos dunyoqarash va istiqbolga
ega boʻlishini
taʻʻminlashga katta eʻʻtibor qaratayotganimizni alohida taʻʻkidlamoqchiman. Bu jarayon
xalqning demokratik faolligini, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan
muloqotini kuchaytirishda samarali ahamiyat kasb etayotgani ochiq haqiqatdir.
Bizda koʻp yillardan buyon mavjud boʻlgan innovatsion
munitsipalitet yondashuvining farqli tomoni shundaki, u texnologiya va barqaror
rivojlanish loyihalari bilan bir qatorda, insonlarimizning turmush sifatini
yaxshilash, shaffoflik, har qanday sharoitda javobgarlik va eng muhimi,
vatandoshlarimizga yoʻnaltirilgan maʻʻmuriyatlarni qurishga qaratilgan.
1994 yilgi
mahalliy saylovlardan soʻng Istanbul shahar hokimligi boshqaruvini oʻz qoʻliga olgan
prezidentimiz Rajab
Toyyib Erdogʻan
boshchiligida Turkiya shahar boshqaruvi sohasida aholining hayot sifatini yaxshilash
uchun muhim qadamlar tashladi. Prezidentimiz tomonidan 30 yil avval ilgari
surilgan xizmat siyosati va qarashlarini davom ettirish munitsipalitetlarimizning
asosiy siyosiy qarashlarini tashkil etadi. Shu sababli, yaqinlashib kelayotgan
mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar bilan ham xuddi shunday qarash va xizmat
tushunchasini saqlab qolish milliy hamda xalqaro maydonda demokratik qadriyatlarimiz va ijtimoiy
yaxlitligimizni yanada mustahkamlashiga ishonamiz.
2024 yil 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy
saylovlarni Turkiya uchun demokratiya yoʻlida muhim bosqich deb hisoblaymiz. Ushbu
saylovlar ham Turkiyaning mintaqadagi etakchiligini mustahkamlash yoʻlidagi yana bir
qadam, deb hisoblaymiz va mamlakatimizning demokratik kamolotini va ijtimoiy
faolligini oshiradigan muhim faoliyat oʻlaroq qabul qilamiz. Bundan tashqari,
avvalgi barcha saylovlar kabi bu saylov ham turk xalqining demokratik
jarayonlarda yanada samarali ishtirok etishiga imkon beradi va bu orqali
demokratiyamizni mustahkamlashga xizmat qiladi.
2024 yil 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan
saylovlarining yana bir muhim jihati shuki, bu saylovlardan keyin 4 yil ichida
yangi saylovlar boʻlmaydi. Turkiya bu 4 yil ichida prezidentimiz janob Rajab Toyyib Erdogʻan liderligida boshlangan
taraqqiyot tashabbuslarini jadal ravishda davom ettiradi. Soʻnggi yillarda
kommunikatsiyadan diplomatiyagacha, iqtisodiy rivojlanishdan infratuzilmaga sarmoyaga
qadar har bir sohada koʻrsatilayotgan xizmatlar davom ettiriladi. Bundan tashqari,
“Turkiya Asri”ga yangi va fuqarolik konstitutsiyasi bilan kirish maqsadi, kelgusi 4
yilning eng muhim ideali va kun tartibi boʻladi.
Ushbu qarash doirasida Turkiya demokratik standartlarini
yuksaltirgan, daromad va farovonlik darajasini oshirgan, mintaqaviy va global
aktyor boʻlish daʻʻvosi bilan “Turkiya Asri”ni barpo etish uchun harakat qilishda davom
etadi. Turk dunyosida mintaqaviy hamkorlik va sheriklik aloqalarini oshirish orqali
“Turkiya Asri”ning “Turkiy Dunyo Asri”ga aylanishini taʻʻminlash bu davrda ham
ustuvor vazifalarimiz boʻlib qoladi. Bizning eng asosiy siyosiy shiorimiz -Turkiy
Davlatlar Tashkilotining yanada muhim ahamiyatga ega boʻlishi va Turk dunyosi muammolariga doimiy echim
topishda yanada taʻʻsirli va samarali boʻlishiga erishishdir. Qolaversa, Turkiyaning,
avvalo FETO va IShID kabi terroristik tashkilotlariga qarshi kurashini ham qamrab
olgan siyosiy xassos masalalarda doʻst va qardosh Turkiy davlatlardan eng asosiysi
bahamjihatlik koʻrsatishlarini kutib qolamiz.
Turkiya 31 mart
kuni boʻlib oʻtadigan saylovlar bilan nafaqat demokratik madaniyatiga yana bir
muvaffaqiyatli saylovni qoʻshadi, balki barcha viloyatlarini, ayniqsa Istanbul va
Anqara kabi shaharlarini “Turkiya asriga” tayyorlaydi. Saylovdan keyingi eng muhim
vazifalarimizdan biri milliy taraqqiyot, 6 fevraldagi zilziladan zarar koʻrgan shaharlarni
tiklash va qayta qurish, Istanbul kabi zilzila xavfi yuqori boʻlgan shaharlarni
chidamli shaharlarga aylantirish boʻladi.
Turkiya bundan buyon ham shu paytgacha boʻlganidek, saylovlarni
demokratik tamoyillar doirasida oʻtkazadi, amaldagi hukumati ham, muxolifati ham
birdek saylov natijalariga hurmat bilan qaraydi va eng muhimi, xalqaro maydonda barqarorlashtiruvchi
kuch sifatida “Turkiya asri”ni
barpo etishda davom etadi. Shuning uchun ham 31 mart kuni boʻlib oʻtadigan mahalliy
boshqaruv organlariga saylovlarni ichki va tashqi dinamikasi jihatidan Turkiyaning
kelajakdagi oʻn yillik marralariga eltishga qodir bir saylov deyish mumkin.
Professor Fahrettin ALTUN,
Turkiya Respublikasi prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi