10.03.2024 15:04

Netanyaxu oʻz mamlakatiga isnod keltirdi – Fahrettin Altun

Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi Fahrettin Altun Turkiya prezident Erdoʻgʻon boshchiligida Falastinda haqiqat, adolat va mustaqillik oʻrnatilishi tarafdori boʻlib qolishi, adolatli va yakuniy rezolyutsiya uchun harakat qilishini bildirdi. “Biz rezolyutsiyani ikki davlat uchun echim deb hisoblaymiz”, - deya taʻʻkidladi u.

Netanyaxu yana oʻz jinoyatlarini haspoʻshlash uchun mamlakatimizga ayblar yogʻdirmoqda. Uning begunoh insonlarga qilgan tarixiy qirgʻinlarini yashira oladigan hech qanday yolgʻon, dezinformatsiya va boʻhton mavjud emas. Tarix uni bu mintaqa uchun ham, oʻz mamlakati uchun ham eng halokatli rahbar sifatida baholab boʻldi.

Oʻz yurti, tinchlik va farovonlik yoʻlida barcha narsani, jumladan, oʻz jonini ham fido qiladigan rahbarlar bor. Ular oʻz fuqarolarining turmushini yaxshilash, qoʻshnilar bilan yaxshi munosabatlarni yoʻlga qoʻyish yoʻlida kechayu kunduz mehnat qiladilar. Ular global ishlarda haqiqat va adolat tarafdori boʻlishadi, zero zimmalaridagi tarixiy burchni yaxshi anglaydilar. Prezidentimiz Erdoʻgʻon mana shunday rahbarlardan. Biz Turkiya vatandoshlari sifatida bunday rahbarga ega ekanligimizdan faxrlanamiz.

Shu bilan birga, oʻz gʻarazli siyosiy maqsadlari yoʻlida umuminsoniy qadriyatlar va odob-axloqni qurbon qiladiganlar ham mavjud. Ular oʻzlari ishgʻol etgan hududlarda haminqadar kun kechirayotgan kishilarni yoʻq qilish rejalarini oʻylab topish uchun kechayu kunduz tinim bilishmaydi. Ular mudom oʻz qoʻshnilarida beqarorlik, mojaro va urushlarni keltirib chiqarish bilan shugʻullanishadi. Ular muntazam ravishda adolatsizlik qilishadi, chunki oʻzlaridan boshqalarning farovonligi haqida qaygʻurmaydilar. Netanyaxu oʻz mamlakatiga isnod keltirgan shunday liderlardan biridir.

Netanyaxuning qotil urush hukumati global kuchlar tomonidan qanchalik koʻp qoʻllab-quvvatlamasin, u bu mintaqada tinchlik va barqarorlik umidlarini yoʻqqa chiqargan, butunlay muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan lider sifatida tarixda qolajak. Unga endi bu haqiqatni oʻzgartirish uchun hech qanday siyosat va hiyla yordam bera olmaydi.

Netanyaxu va uning hukumati olib borayotgan etnik tozalash natijasida falastinliklar nehad jabr tortdi va azob chekishda davom etmoqda. Biz esa qoʻlimizdagi bor kuchimiz bilan uning siyosatiga qarshi kurashishda davom etamiz. Uning yolgʻonlari, aldovlari, nayrangli ayblovlari va mavzuni oʻzgartirishga boʻlgan urinishlari bizni sira choʻchitmaydi.

Biz — Turkiya sifatida prezidentimiz Erdogʻan boshchiligida Falastinda haqiqat, adolat va mustaqillik oʻrnatilishi tarafdori boʻlib qolamiz. Biz adolatli va yakuniy rezolyutsiya uchun harakat qilamiz. Biz rezolyutsiyani ikki davlat uchun echim deb hisoblaymiz. Va biz falastinlik birodarlar va opa-singillarimiz bilan mukammal tarzda hamjihat boʻlishda davom eturmiz.

Mavzuga aloqador