02.03.2024 08:14

Erdoʻgʻan: Gʻazoda milliardlab insonlarning xalqaro tuzum, adolat va qonunga ishonchi ham yoʻq qilindi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Antaliya Diplomatik forumidagi nutqida Isroilning Gʻazodagi xunrezliklari, urush jinoyatlari oqibatlari, xalqaro hamjamiyatning tutayotgan yoʻli, Turkiyaning Gʻazo va falastinliklarga koʻrsatayotgan yordami va boshqalarga toʻxtalib oʻtdi. Asosiy iqtiboslar

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning Antaliya Diplomatik forumidagi nutqida Isroilning Gʻazodagi xunrezliklari, urush jinoyatlari oqibatlari, Turkiyaning Gʻazo va falastinliklarga koʻrsatayotgan yordami va boshqalarga toʻxtalib oʻtdi. Azon Global Turkiya prezidenti nutqidan asosiy iqtiboslarni toʻpladi.

Isroilning tinch aholi punktlarini nishonga olgan holda uyushtirilgan hujumlari natijasida aksariyati bolalar va ayollardan iborat 30 ming gʻazolik shahid boʻldi, 70 mingdan ortiq falastinlik tan jarohati oldi, 2 millionga yaqin odam oʻz uylarini tark etishga majbur boʻldi.

Shu erda bir narsani aniq taʻʻkidlamoqchiman. Gʻazoda nafaqat bolalar, ayollar va tinch aholi vahshiylarcha oʻldirildi, balki milliardlab odamlarning xalqaro tuzumga, adolatga va qonunga boʻlgan ishonchi ham yoʻq qilindi.

Isroil haqida gap ketganda, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, vazifasi global tinchlikni taʻʻminlash boʻlgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi, Evropa Ittifoqining doimiy huquq va qonunlar haqida gapiradigan institutlari, xolislik haqida gapiradigan xalqaro ommaviy axborot vositalari, bir soʻz bilan aytganda, yillar davomida bizga oʻrnak sifatida koʻrsatilgan va biz ishonishimiz va hurmat qilishimiz kerakligi aytilgan bunday tuzilmalarning naqadar chorasiz va ishga yaramasligini hammamiz birgalikda koʻrdik.

Gʻazoda sodir boʻlayotgan voqealar, albatta, urush emas, genotsid urinishidir. Chunki urushda ham amal qilish kerak boʻlgan axloq, odob va qonun bor. Onasining bagʻridagi goʻdaklarni ochlik va tashnalikka mahkum etganlar haqida, shifoxonalar, cherkovlar, masjidlar, maktablar, universitetlar, qochqinlar lagerlari va tez yordam mashinalarini bombalaganlar, xuddi kechagidek oziq-ovqat yordami olish uchun navbatda turgan tinch aholini xiyonat va nomussizlik bilan nishonga olgan vahshiyliklar haqida gapiryapman.

Oʻz oilasi bilan xavfsiz joy qidirayotganda mashinasi Isroil harbiylari tomonidan hujum qilingan va butun oilasidan ayrilgan 6 yoshli Hind Rajabning fojiali hikoyasi aslida Gʻazoda halok boʻlgan 15 mingga yaqin begunoh bolaning hikoyasidir. Biz insoniyat sifatida 12 kun davomida "Meni olib ketishga kelasizmi, qoʻrqyapman" degan 6 yoshli qizchaning hayotini saqlab qola olmadik. Afsuski, biz Hind va boshqa gʻazolik bolalar oldidagi masʻʻuliyatimizni toʻliq bajara olmadik.

Hujumlarning ilk kunidan beri Turkiya sifatida qilgan saʻʻy-harakatlarimiz, mintaqaga 37 ming tonnagacha gumanitar yordam joʻnatganimiz, global miqyosda amalga oshirgan barcha diplomatik aloqalarimiz va 900 dan ortiq azolik kasallar, jumladan, ularning hamrohlarini mamlakatimizga olib kelganimizga qaramay, biz hali ham qalbimizda bunday sharmandalikni hazm qilolmayapmiz.

Xalqaro Sudning Isroilni genotsid qilishiga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi qarori ochiq-oydin boʻlsa-da, Netanyaxu maʻʻmuriyati oʻzining ishgʻol, qirgʻinbarot siyosatini kechagidek beparvolik bilan davom ettira olmoqda. Birinchi kundan beri Isroilni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlagan gʻarb davlatlari "Sen yaxshisan, sendan it yaxshi" degan ikkiyuzlamachi siyosatlari bilan qon toʻkilishiga qatnashmoqda.

Xalqaro hamjamiyat Falastin xalqi oldidagi qarzini faqat Falastin davlati barpo etilishi bilan toʻlashi mumkin. Buning uchun 1967 yil chegaralari asosida poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil, suveren va geografik jihatdan integratsiyalashgan Falastin davlatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda biz Turkiya sifatida masʻʻuliyatni, jumladan kafillikni ham oʻz zimmamizga olishga tayyor ekanligimizni bildirdik.

Bu erdan men yana bir bor xalqaro hamjamiyatni Gʻazo va Falastin masalasini samimiy qoʻllab-quvvatlashga taklif qilaman. Dunyo boʻylab deyarli har hafta maydonlarni toʻldirib, zulmni qoralab, barcha bosimlarga qaramay haqiqatni jasorat bilan ifoda etayotgan Falastinning barcha doʻstlariga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman.

Manba: Turkiya prezidenti huzuridagi Kommunikatsiya boshqarmasi boshligʻi Fahrettin Altunning Tvitter (X)dagi sahifasi


Mavzuga aloqador