Britaniyalik ashaddiy islomofob Tommi Robinson suriyalik muhojirga qarshi tuhmat ishi boʻyicha sudda yutqazganidan soʻng sud taqiqini qayta-qayta buzgani uchun 18 oyga qamaldi.

Tommi Robinson nomi bilan tanilgan Stiven Yaksli-Lennon sud taqiqini qayta-qayta buzgani uchun 18 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. U avvalroq suriyalik qochqin Jamol Hijoziyga nisbatan ochilgan tuhmat ishida yutqazgandi va unga 100 ming funt sterling miqdorida tovon puli toʻlash yuklatilgan edi.

"Hech kim qonundan ustun emas, - deya taʻʻkidladi sudʻya Jonson. - Bugungi kungacha qilgan barcha harakatlari u oʻzini qonundan ustun deb hisoblaganidan dalolat beradi".

Robinson 2021 yilgi Oliy sud qarorini 10 marta buzganini tan oldi. U Jamol Hijoziy "begunoh emas va oʻz maktabida yosh ingliz qizlariga zoʻravonlik bilan hujum qilmoqda", degan yolgʻon daʻʻvolarni takrorladi. Ushbu bayonotlar intervʻyu va millionlab marta tomosha qilingan 90 daqiqalik "Silenced" filʻmi orqali ham tarqaldi.

Himoyachi Robinson jurnalist sifatida oʻz printsiplariga asoslanib harakat qilganini taʻʻkidladi. Shu bilan birga, sudʻya siyosiy faoliyat emas, balki sud qarorini buzish va qonun ustuvorligiga putur etkazish masalasi koʻrib chiqilayotganini taʻʻkidladi.

Shuningdek, Robinson 80 350,82 funt sterling miqdoridagi sud xarajatlarini toʻlashi kerak edi. Agar u Silenced filʻmini ijtimoiy tarmoqlaridan olib tashlasa, jazo muddati toʻrt oyga qisqartirilishi mumkin.

"Bugungi hukm Lennonning xatti-harakatlari ham huquqiy oqibatlarga olib kelishini hamda Jamol Hijoziy uchun qandaydir adolatni taʻʻminlashini isbotlaydi", - deyiladi islomofobga qarshi dalillarni toʻplagan Hope Not Hate irqchilikka qarshi guruh bayonotida.

Tommi Robinson (haqiqiy ismi Stiven Yaksli-Lennon) — britaniyalik oʻng qanot faoli, oʻta oʻngchi “Ingliz mudofaa ligasi” (EDL) tashkilotining asoschisi va sobiq rahbari. U islomga qarshi chiqishlari va provokatsion harakatlari tufayli keng tanilgan. Tommi Edison turli jinoyatlar, jumladan, ipoteka boʻyicha firibgarlik, AQSh immigratsiya qonunlarini buzish va sudga hurmatsizlik uchun bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Soʻnggi yillarda u ommaviy axborot vositalari hayotida faol ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlarda oʻz kanalini yuritmoqda. Ularda sud taqiqlari va cheklovlariga qaramay, muhojirlar va musulmonlarga qarshi salbiy qarashlarini targʻib qilishda davom etmoqda.

Mavzuga aloqador