Ersin tatar

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Qibris Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar 1974 yilda “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilib yuborgan, bugun u erda turklar yashamayotgan boʻlardi, dedi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ilk bor ishtirok etgan Shimoliy Qibris Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiya va Qibris Turk Respublikasi (QTR) tomonidan “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, harbiy xunta musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilib yuborgan, bugun u erda turklar yashamagan boʻlardi, dedi. Bu haqda u Ozarbayjonning ARB24 TV telekanaliga bergan intervʻyusida toʻxtalib oʻtdi.

Prezident 1974 yili amalga oshirilgan Tinchlik operatsiyasi Kipr (Qibris) orolida musulmonlarning omon qolishi uchun tarixiy qadam boʻlganiga eʻʻtibor qaratgan. Shuningdek, u ozarbayjonlik jurnalist bilan suhbati davomida quyidagi eʻʻtiborga molik fikrlarini bayon etdi:

-  Agar “Qibris tinchlik harakati” amalga oshirilmaganida, bugun Qibris orolida turklar yashamasdi. Oʻz vaqtida koʻrilgan chora Kiprni Gretsiya bilan birlashtirish hamda harbiy xuntaning musulmonlarni oroldan batamom yoʻq qilish singari gʻarazli maqsadlarini puchga chiqardi.

- Kipr yunonlarini qurollantirish ishlari davom ettirilmoqda, buning uchun oʻrtacha 350-400 million evro sarflayotganini inobatga olib, turk harbiylarining orolni tark etishi musulmonlar uchun yangi muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Turk harbiylari tinchlik va osoyishtalikni taʻʻminlash uchun orolda qolishi muhim.

- Jahon hamjamiyatini Kiprdagi vaziyatga xolis baho berishga chaqiraman. Zero orolda ikkita alohida demokratik davlat va ikki alohida xalq mavjud boʻlib, ularning birlashishi yana mojarolarga sabab boʻlishi mumkin. Shu bois bu ikki suveren davlat xalqaro miqyosda tan olinishi kerak.

-  Rossiya Shimoliy Qibris Turk Respublikasiga nisbatan vazmin munosabatda. Turk Respublikasining Rossiya bilan munosabatlari kelajakda yanada yaxshilanishi mumkin.

- Shimoliy Qibris Turk Respublikasining TDTda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi uning xalqaro miqyosda tan olinishi uchun juda muhim.

-  Tuzilishi rejalashtirilayotgan federativ davlatda turklar etnik ozchilikka aylanishi mumkin. Mintaqada tinchlikni taʻʻminlashning eng maqbul echimi esa ikki mustaqil davlatning tashkil etilishidir.

Mavzuga aloqador