Samsung Isroilni tark etmoqda
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari va foyda marjasi tushib ketgani sababli mamlakatdagi 70 ta startap loyihasini toʻxtatish hamda ushbu bozorni tark etishga qaror qildi.
Samsung
kompaniyasining global sarmoyalarni oʻzida birlashtirgan Samsung Next shirkati
Isroildagi 70 ta startap loyihani qaytarib olish va ushbu bozordan chiqib ketishga
qaror qildi, deya xabar bermoqda TRT.
Kompaniya
ketishiga sabab sifatida Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari va foyda
marjasining pasayishi sabab boʻlgan. BDS (Boycott, Divestment and Sanctions) harakati
saytidagi hisobotga koʻra, Samsung foydasi oʻtgan yilga nisbatan 56 foizga
kamaygan.
Qayd etish
joizki, dunyo boʻylab oʻt ochishni toʻxtatish chaqiriqlariga qaramay, Isroil Gʻazoda
tinch aholiga nisbatan harbiy amaliyotlarini davom ettirmoqda. Natijada qator
yirik kompaniyalar Isroilda ishlab chiqarishni cheklash yoki kamaytirishga qaror
qilmoqda.