22.03.2024 10:34

Britaniyalik faollar hukumat Isroilni dastaklayotgani uchun soliq toʻlamaslikka chaqirmoqda

Faollar Britaniya hukumatining Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlariga nisbatan pozitsiyasiga norozilik sifatida fuqarolarni soliq toʻlashni toʻxtatishga chaqirmoqda. Mamlakatda 14 martdan buyon “Genotsid uchun soliq yoʻq” kampaniyasi oʻtkazilmoqda.

Faollar Britaniya hukumatining Isroilning Gʻazo sektoridagi harakatlariga nisbatan pozitsiyasiga norozilik sifatida fuqarolarni soliq toʻlashni toʻxtatishga chaqirmoqda.

Kampaniya tashabbuskorlariga koʻra, Isroilni qoʻllab-quvvatlayotgan hukumatga soliq toʻlash “genotsidga yordam berish” bilan barobar.

Faollarning taʻʻkidlashicha, "soliq qarshiligi" BMT Nizomi, Xalqaro Jinoyat Sudi Rim statuti va Britaniyaning 2000 yilgi terrorizm aktiga muvofiq qonuniydir.

Aktsiyaning asosiy maqsadi soliq toʻlovchilarni daromad va munitsipal soliqlarni toʻlashdan bosh tortishga koʻndirishdan iboratdir. Kampaniya tashkilotchilari 3 millionga yaqin soliq toʻlovchini yoki Buyuk Britaniya soliq toʻlovchilarining qariyb 10 foizini hukumatni Gʻazo sektoridagi vaziyat boʻyicha kursni oʻzgartirishga bosim oʻtkazishga koʻndirmoqchi. Hisob-kitoblarga koʻra, buning natijasida Gʻaznachilik bir yil davomida taxminan 700 mln funt sterling (888 mln dollar)dan mahrum boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Kampaniyaga qoʻshilganlar soni 100 ming nafarga etganidan soʻng, soliq toʻlovchilardan shu kuni soliq toʻlashdan boʻyin tovlash rejalari haqida Bojxona va daromadlar boshqarmasiga (HMRC) xabar berishlari soʻraladi. Shundan keyin ular soliqlarni soliq inspektsiyalariga emas, balki trastga toʻlaydilar.

Hukumat bir yil ichida sud orqali "harbiy jinoyatlarga sherik" emasligini isbotlay olsa, soliqlar HMRC tomonidan qoplab beriladi.

Mavzuga aloqador