09.04.2024 10:55

Turkiyadan Isroilga 54 turdagi mahsulot eksportini taqiqladi

Turkiya 9 apreldan Isroilga Gʻazoda zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatmaguncha va Falastin anklaviga yordam koʻrsatishga ruxsat berilmaguncha 54 turdagi mahsulot eksportini taqiqladi.

Turkiya 2024 yil 9 apreldan boshlab Isroilga ayrim tovarlar eksportini cheklashga qaror qildi. Bu haqda Anadolu Turkiya Savdo vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Vazirlikning qayd etishicha, cheklovlar Isroil Gʻazo sektorida zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishni eʻʻlon qilmaguncha va Falastin anklaviga etarli va uzluksiz yordam koʻrsatishga ruxsat bermaguncha kuchda qoladi.

Eksporti taqiqlangan mahsulotlar roʻyxatiga tsement, beton aralashtirgichlar, temir va poʻlat qurilish ashyolari, temir, alyumin sim va kabellar, ekskvator va kranlar, qurilish texnikalari, aviatsiya benzini va reaktiv yonilgʻi,  motor va gadravlika moylari, yoqilgʻi moylash mahsulotlari, metalga ishlov berishda qoʻllaniluvchi kimyoviy mahsulotlar, lak va boʻyoqlar hamda boshqalar kiritilgan.

Mavzuga aloqador