Oʻzbek marshali Abdul Rashid Doʻstum Afgʻonistonga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi. Uning Tolibonga qarshilikni qayta tashkil etish hamda Afgʻonistonni ozod qilishni rejalashtirayotgani maʻʻlum qilindi.

Afgʻonistonlik oʻzbek qoʻmondoni, marshal Abdul Rashid Doʻstum Afgʻonistonni ozod qilish maqsadida mamlakatga qaytish niyati borligini maʻʻlum qildi. U Tolibonga qarshilikni qayta tashkil etishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda Yeni Şafak “Defance Pakistan”ga tayangan holda.

Qayd etilishicha, Doʻstumning qaytishi Afgʻonistondagi siyosiy muvozanatga taʻʻsir qiladi va mojarolarni chuqurlashtirishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Abdul Rashid Doʻstim 2021 yil avgustida Afgʻoniston hokimiyatiga Tolibon kelishi bilan 14 avgust kuni oʻzbek-afgʻon chegarasini kesib oʻtib, Oʻzbekistonga oʻtgan edi. Manbalarga koʻra, marshal ayni paytda Toshkentda istiqomat qilmoqda. 

Mavzuga aloqador