Gʻazo sektorida genotsid boshlanganidan buyon bosqinchi Isroil iqtisodiyoti qariyb 20 foizga qisqardi. Isroil banki mojaro 2025 yil oxirigacha Isroilga taxminan 70 milliard dollarga tushishini bashorat qilmoqda.

Gʻazo sektorida falastinliklarga qarshi genotsid boshlangan 2023 yilning toʻrtinchi choragida Isroil YaIM hajmi 19,4 foizga qisqardi, bu iqtisodchilar prognoz qilganidan ham yomonroq, deya xabar bermoqda TRT.

Isroil banki mojaro 2025 yil oxirigacha Isroilga taxminan 70 milliard dollarga tushishini bashorat qilmoqda.

Taʻʻkidlash joizki, 2023 yilning soʻnggi choragida isteʻʻmol xarajatlari 26,9 foizga, xoʻjalik kapitali qoʻyilmalari 67,8 foizga, eksport 18,3 foizga, import 42 foizga kamaygan. Shu bilan birga, davlat xarajatlari, asosan, harbiy xarajatlar va zarar koʻrgan kompaniyalarga tovon toʻlash hisobiga 88,1 foizga oshgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Moody's urush natijasida siyosiy xavflar kuchaygani va davlat moliyasi yomonlashgani tufayli Isroilning kredit reytingini pasaytirgan edi.

 

Mavzuga aloqador