Moody's Isroilning kredit reytingini pasaytirdi
Moody's Xalqaro kredit reyting agentligi Isroilning kredit reytingini «A1»dan «A2»ga tushirdi va kredit reytingi prognozini salbiyga oʻzgartirdi. Agentlik harbiy mojaro va uning kengroq oqibatlari reytingni pasaytirishning asosiy sababi boʻlgani, bu holat Isroilning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi institutlari hamda moliyaviy kuchini zaiflashtirish xavfini oshirayotganini qayd etdi.
Moody's Xalqaro
kredit reyting agentligi Isroilning kredit reytingi va istiqboli qayta koʻrib
chiqilganini maʻʻlum
qildi, deya xabar bermoqda Anadolu.
Bayonotda Isroilning xorijiy va milliy valyutadagi kredit
reytingi «A1»dan «A2»ga tushirilgani, kredit reytingi prognozi esa salbiyga
oʻzgartirilgani bildirildi.
Kredit reyting agentligi bayonotida davom etayotgan harbiy
mojaro va uning kengroq oqibatlari reytingni pasaytirishning asosiy sababi
sifatida tilga olinib, bu holat Isroilning ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi
institutlari hamda moliyaviy kuchini zaiflashtirish xavfini oshirayotgani qayd
etilgan.
Bayonotda Isroil davlat moliyasining yomonlashgani va davlat
qarzi nisbatida ilgari bashorat qilingan pasayish tendentsiyasi oʻzgargani,
mamlakatning qarz yukining mojarodan oldin kutilganidan yuqori boʻlishi ehtimoli yuqoriligi
taʻʻkidlandi.