Gʻazodagi urushdan Isroil qanday zarar koʻrmoqda?
Bosqinchi Isroil Gʻazoda tinch aholi, ayniqsa ayollar va bolalarga qarshi olib borayotgan qonli urushidan oʻzi ham katta zarar koʻrmoqda. Garchi Isroil Gʻazo sektoriga ikki oylik hujumlardan soʻng iqtisodiy koʻrsatkichlar tiklanganini bildirgan boʻlsa-da, koʻplab sohalarda hamon hech qanday yaxshilanish kuzatilgani yoʻq.
Isroil shekeli
dollarga nisbatan 11 yillik eng past darajaga tushdi
Isroilning Gʻazoga hujumlari mahalliy valyutaning qadrsizlanishiga
sabab boʻldi, Isroil shekeli dollarga nisbatan 11 yillik eng past darajaga tushdi.
Isroil banki 9 oktyabrda mahalliy valyuta kursini barqarorlashtirish uchun 30 milliard
dollargacha sotish rejasini
eʻʻlon qilganiga qaramay, shekelning pasayishiga toʻsqinlik qila olmadi.
Dollarning
shekelga nisbatan kursi 7 oktyabrdagi 3,83 dan 30 oktyabrda 4 ga koʻtarildi. Evro/shekel pariteti esa oktyabrʻ oyida 4,08 boʻlgan boʻlsa,
30 oktyabrda 4,24 ga koʻtarildi.
Isroil bankining valyuta bozorlariga interventsiyasi tufayli
dollar/shekel pariteti oʻtgan oy oxirida oʻrtacha 3,72 ga tushdi. Bundan tashqari,
fond bozorida ham pasayish
kuzatildi.
Turizm, koʻchmas mulk, mehnat bozori va aviatsiya sohalari ham Isroilning
Gʻazoga qilgan hujumlari
ortidan katta yoʻqotishlarni boshdan kechirdi.
Turizm sektori
Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlari Tel-Avivga
parvozlarning bekor qilinishiga sabab boʻldi. Oktyabrʻ oyida mamlakatning turizm
faolligi yillik miqyosda
76 foizga kamaydi.
Isroil Statistika byurosining oylik hisobotiga koʻra, oktyabrda Isroilga taxminan 89
700 sayyoh tashrif buyurgan. Ushbu tashriflarning aksariyati oktyabrʻ oyining birinchi
haftasida, hujumlar boshlanishidan oldin sodir boʻlgan. Oʻtgan yilning oktyabrʻ oyida esa Isroilga 370 ming
sayyoh kelgan edi.
Noyabrʻ
oyi maʻʻlumotlari hali eʻʻlon qilinmagan boʻlsa-da, raqamlarning keskin pasayishi
kutilmoqda.
Aviatsiya
Secret Flights parvozlarni kuzatish manbasi tomonidan 6 noyabrʻ kuni tarqatilgan bayonotga koʻra,
hujumlar boshlangandan beri Tel-Avivning Ben Gurion xalqaro aeroportiga va undan
qaytayotgan reyslar oʻrtacha 80 foizga qisqargan.
Hujumlardan oldin kuniga taxminan 500 ta reys amalga oshirilgan Ben Gurion
aeroportida hujumlardan keyingi birinchi oyda kuniga oʻrtacha 100 ta reys qayd
etildi.
Isroil Gʻazo sektoriga hujumlar boshlanganidan beri
parvozlarini toʻxtatgan xalqaro aviakompaniyalarni Tel-Avivga va undan
parvozlarni qayta boshlashga koʻndirish uchun eng shimargan.
KAN davlat
televideniesi 29 noyabrʻ kuni oʻz xabarida Milliy aviakompaniya menejeri Udi Bar
Oz 120 dan ortiq xorijiy aviakompaniya vakillari bilan muzokaralar oʻtkazgani,
ularni Isroilga va Isroildan parvozlarni qayta boshlashga undaganini maʻʻlum qildi.
Oz Ben Gurion aeroportida kuniga oʻrtacha parvoz harakati
xalqaro, mahalliy, xususiy va yuk reyslarini oʻz ichiga olgan holda 200 ta ekanini
aytdi.
Gʻazoga hujumlar boshlanganidan beri Isroil aviakompaniyalari,
shuningdek, BAAning Etihad
Airways va Flydubai, Xitoyning Hainan, Rossiyaning “Azimut” aviakompaniyalari
Isroilga parvozlarni davom ettirmoqda.
Mehnat bozori
Isroil Gʻazoga hujumlari boshlangan 7 oktyabrdan beri 950 ming
ishchi kuchini yoʻqotdi. Gʻazo sektori atrofidagi yahudiy aholi punktlarida va
shimolda Livan chegarasida
minglab odamlar ish joylariga etib bora olmayotgani bildirildi.
Bundan tashqari, hujumlardan buyon 178 mingdan ortiq falastinlik
ishchilar Isroil va aholi punktlaridagi ish joylariga etib bora olmagan.
Isroil iqtisodiga falastinlik ishchilarni yoʻqotishdan tashqari,
350 ming isroillik ishchi va xodimlar
oʻz ish joylarini tark etib, Gʻazo sektoridagi hujumlar va Livan chegarasidagi mojarolarda
qatnashish uchun armiya safiga qoʻshilgan.
Isroil Mehnat vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, urush tufayli 46
mingga yaqin isroillik ishchilar ishdan boʻshatilgan.
Ayni
paytda mehnat bilan band boʻlib turgan 760 ming ishchi kuchining ham 18 foizga yaqini armiya zaxirasida turishi, Gʻazo sektori yaqinida
yashashi va yoki uyda bolalari boʻlgani sababli ishlayotgani yoʻq.
Bundan
tashqari, Isroil iqtisodiyoti sohasida faoliyat yurituvchi Globes sayti taqdim etgan
maʻʻlumotlarga koʻra, hujumlar tufayli koʻpchiligi qishloq xoʻjaligida ishlagan 20-25
ming osiyolik ishchilarning ayrimlari ishini tashlagan boʻlsa, bir qismi oʻz
mamlakatlariga qaytib ketgan.
Koʻchmas mulk sektori
Isroilning
Gʻazoga qilgan hujumlaridan koʻchmas mulk sektori ham zarar koʻrmoqda.
Isroilda koʻchmas mulk sohasida taxminan 178 ming falastinlik
ishchi bor edi. Ulardan 90 mingga yaqini hujumlar boshlanganda ishga qaytmagan.
Koʻchmas mulk sektori Isroil fond birjasida ham qiymatini yoʻqotdi. Noyabrʻ oyi
oxirida Gʻazoga qilingan hujumlar oldiga nisbatan 8 foizdan koʻproq kamaygan.
Manba: TRT Haber