Isroil armiyasining Gʻazo sektori shimolida navbatda turgan gumanitar yordam olish uchun kutayotgan falastinliklarga bugungacha uyushtirgan zarbalari natijasida jami 560 kishi halok boʻldi, 1523 kishi tan jarohati oldi.

Isroil armiyasining Gʻazo sektori shimolida navbatda turgan gumanitar yordam olish uchun kutayotgan falastinliklarga bugungacha uyushtirgan zarbalari natijasida jami 560 kishi halok boʻldi, 1523 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda Falastin Qonunchilik kengashi aʻʻzosi Mustafo Barguti ijtimoiy tarmoqlarda maʻʻlum qildi, deya xabar berdi Anadolu.

Jumladan, bir kun avval Isroil armiyasi Gʻazo shahridagi Quvayt chorrahasida gumanitar yordam yuk mashinalari kelishini kutayotgan falastinliklarga tank va ogʻir qurollardan oʻt ochdi. 19 kishi otishma qurboni boʻldi, yana 23 kishi jarohat oldi.

19 mart kuni Isroil harbiylari Gʻazo sektori markazidan shimolga qarab ketayotgan yuk mashinalari karvoniga hamrohlik qilayotgan mahalliy faollarga hujum qildi.

12 mart kuni ertalab Isroil harbiylari yuk mashinalari yuk mashinalari kelishini kutayotgan falastinliklarga qarata oʻqqa tutilishi oqibatida 7 kishi halok boʻldi, 20 dan ortiq kishi jarohatlandi.

29 fevralʻ kuni ham xuddi shunday hodisa oqibatida 118 falastinlik halok boʻlgan, yana 760 nafari yaralangan edi.

Mavzuga aloqador