Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 277 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Gʻazoning Tel al-Hava hududi, Dayr al-Balah va Nusayrat lageriga shiddatli hujumlar uyushtirdi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38193 kishi shahid boʻldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Tel al-Hava hududida fashistlarga qarshi 4 ta murakkab operatsiya oʻtkazdi. Bosqinchilar orasida katta talofatlar bor.

▪️Husiylar Iroq qarshilik kuchlari bilan birgalikda Umm ar-Rashrashdagi bosqinchilarning harbiy obektiga hujum qilishdi.

▪️Gʻazo hukumati: Biz xalqimizni ishgʻolchilarning Gʻazodan aholini janubga koʻchirish chaqiriqlaridan ogohlantiramiz. Bu halokatli qotillik tuzogʻi.

▪️Gʻazo Baptistlar kasalxonasi: Atrofdagi hududlar kuchli oʻqqa tutilganidan keyin ishgʻolchi armiya bizni kasalxonani yopishga majbur qildi. Barcha bemorlar muassasani tark etishga majbur boʻldi.

▪️HAMAS etakchisi Ismoil Haniya Gʻazo aholisining ommaviy oʻldirilishi va koʻchirilishi davom etsa, harakat muzokaralarni toʻxtatishi haqida ogohlantirdi.

▪️MRB direktori Bill Berns hamda AQShning Yaqin Sharq boʻyicha maxsus vakili Brett Makgrek HAMAS va Isroil oʻrtasidagi muzokaralarni oʻtkazish maqsadida Misrga keldi. Ular misrlik, iordaniyalik va isroillik hamkasblari bilan muzokaralar oʻtkazishni rejalashtirgan.

Mavzuga aloqador