04.03.2024 01:03

Rossiyaning Samara viloyatidagi temir yoʻl koʻprigida portlash sodir boʻldi

Rossiyaning Samara viloyatidagi temir yoʻl koʻprigida portlash sodir boʻldi. Hodisaga qoʻlbola portlovchi uskunaning ishga tushirilishi sabab boʻlgani aytilmoqda.

Rossiyaning Samara viloyatidagi Chapaevka daryosi ustidagi temir yoʻl koʻprigida portlash sodir boʻldi, qurbonlar haqida maʻʻlumot yoʻq.

“Ishchi guruh joʻnab ketdi. Ertalab Zvezda - Chapaevsk uchastkasida portlash haqida malumot kelib tushdi, qurbonlar hozircha nomalum», - deya xabar berdi Rossiya davlat matbuoti 4 mart, dushanba kuni tezkor xizmatlarga tayanib.

“Temir yoʻl transporti faoliyatiga ruxsat etilmagan shaxslarning noqonuniy aralashuvi” tufayli yoʻl harakatida uzilishlar yuzaga kelgan”, — deyiladi xabarda.

Ushbu uchastkada poezdlar harakati toʻxtatilgan, ayrim poezdlar jadvaldan chiqarildi, biroq hech kim jabrlanmadi.

Jami beshta poezd kechikmoqda, deya aniqlik kiritdi Rossiya temir yoʻllari xoldingi. Kompaniya yoʻlda nima boʻlganini tushuntirmadi va «hodisalar» haqida xabar berdi.

Baza telegram kanali xabariga koʻra, portlash ovozi mahalliy vaqt bilan taxminan 6:15 da eshitilgan, dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, qoʻlbola portlovchi qurilma ishga tushgan.

Baza koʻprikning temir yoʻl izlari qiyshaygan holatdagi tasvirlarini eʻʻlon qildi.

Qayd etilishicha, voqea joyida sapyorlar va Rossiya gvardiyasi xodimlari ishlamoqda. 

Mavzuga aloqador