Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 276 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar sharqiy Gʻazo shahri, Jabaliya, Rafah va Shujayya tumanlariga yirik hujumlar uyushtirdi. Oʻnlab odamlar halok boʻldi. Urush boshlanganidan buyon 38153 kishi shahid boʻldi.

▪️Isroil askarlari oxirgi 24 soat ichida bosib olingan Gʻarbiy Sohilning turli hududlarida kamida 30 nafar falastinlikni qoʻlga oldi. 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Gʻarbiy Sohilda Isroil harbiylari tomonidan qoʻlga olingan falastinliklar soni 9580 nafarga etdi.

▪️Gʻazo sharqidagi shiddatli bombardimonlar tufayli minglab aholi hududni tark etishga majbur boʻldi.

▪️Gʻazo fuqarolik mudofaasi: Sharqda va Jabaliyada ishgʻolchilar tomonidan amalga oshirilgan yangi qirgʻinlar tufayli oʻnlab shahid va yaradorlar hamon vayronalar ostida qolmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari: Biz Rafah va Shujayida bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqdamiz. Ishgʻol uskunalari yoʻq qilindi.

▪️Hizbulloh Xermon togʻidagi TsAXAL texnik razvedka markazini bombardimon qildi, 60 ta raketa otdi. Harakatga koʻra, bu Gʻazoda urush boshlanganidan beri eng yirik operatsiya hisoblanadi.

▪️“Magʻrur Frantsiya” soʻl partiyasi rahbari: Biz yaqin ikki hafta ichida Falastin davlatini tan olamiz.

▪️BMT maxsus maʻʻruzachisi: Gʻazodagi odamlar tengi yoʻq doʻzaxda yashashmoqda. Gʻazo alohida holat emas. Isroil, umuman olganda, falastinliklar bilan urushayotgandek.

▪️Eron harbiy-dengiz kuchlarining IRIS Sahand (F-74) fregati Fors koʻrfazi sohillarida joylashgan Bandar Abbos portida chap tomonga yonboshlab qoldi. Rasmiy manbalar hodisaga taʻʻmir vaqtida kema ichiga suv kirgani sabab boʻlganini maʻʻlum qildi.

 

Mavzuga aloqador