Falastin vatanparvarlaridan dunyoga 3 ta muhim xabar

31 iyulʻ kuni Tehronda HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning oʻldirilishi Gʻazodagi urush va u bilan bogʻliq ziddiyatlar, muzokaralar masalasi, harakatning ichki holati va tashqi dunyo bilan aloqalariga taʻʻsiri borasida bir qancha savollarni yuzaga keltiradi. Shunga qaramay, qarshilik harakatining Gʻazodagi rahbari Yahyo Sinvar Ismoil Haniyaning vorisi boʻlishi, HAMASning kelgusidagi strategiyasini koʻrsatmoqda.

Ushbu tanlov harakat rahbarligini uning siyosiy qanotidan boʻlgan bir shaxs egallashini kutganlar uchun kutilmagan holat boʻlishi mumkin. Lekin bu Haniyaning oʻldirilishi va Isroilning shafqatsiz qarorlari, mintaqaviy xavf darajasining ortib borishidan keyingi tabiiy reaktsiyadir. 

Birinchidan, 7 oktyabrʻ hujumining meʻʻmorlaridan biri Yahyo Sinvarning hali hamon Gʻazoning turli qismida samarali kurash olib borayotganiga dalolat qiladi. Urush boshlanganiga bir yilga yaqinlashayotganiga qaramay, Isroil oʻzi va homiysi boʻlgan AQShning barcha ilgʻor harbiy, razvedka va josuslik qurollari bilan ham uni qoʻlga olib, oʻldira olmayapti. Bu Sinvar urush davrida HAMASni ichki va tashqi siyosatda boshqarishga qodir kuchli shaxs ekanini namoyon etadi.

Uning ushbu vazifaga tayinlanishi, shuningdek, harakatning ikki qanoti: ichkaridagi harbiylar va chet eldagi siyosiy qanot oʻrtasidagi birdamlik zarurati ham boʻlib, Sinvarning tashqi dunyodan ajralib qolgani va Haniyaning vorisligi boʻyicha harakat ichida mojarolar borligi haqidagi Isroil iddaolarini rad etadi. Sinvarni tanlash orqali Falastin vatanparvarlari dushmanlar va tomoshabin boʻlib turgan musulmonlarga uchta muhim “messej” yubordi.

Birdamlik va bosqinchilarga soʻnggi nafasgacha qarshilik qilish

Jihodchilarning Sinvarni tanlashi Gʻazo va chet eldagi qanotlari oʻrtasidagi ichki birdamlikni namoyish etishdan tashqari, Isroil bosqinchilariga oxirigacha qarshilik koʻrsatishlari xabarini ham yoʻlladi. Bu xabar harakat hamon kuchliligi va sionistlar va ularning malaylari Haniyani oʻldirish bilan musulmonlarni qaygʻuga choʻmdirgan boʻlsa-da, qotilliklar qiyinchiliklarga bardosh bera oladigan yangi rahbariyatni shakllantirayotganini bildiradi.

Isroil Gʻazodagi qarshilik azmini susaytirish va oʻzining 7 oktyabrʻ hujumidan keyin tushib ketgan obroʻsini tiklash hamda harbiy razvedka imkoniyatlarini namoyish etish uchun harakatning Siyosiy byurosi rahbarini chet elda xalqaro huquqlar doirasidan ham chetga chiqib oʻldirdi. Endi u Sinvarga nafaqat Al-Aqso toʻfoni meʻʻmori yoki qarshilik rahbari sifatida, balki HAMAS lideri sifatida ham toʻqnash kelishga majbur boʻladi. 

Oʻz qavmi ham laʻʻnatlayotgan Binʻyamin Netanʻyaxuga sharmandalik xabari

Isroil Bosh vaziri Binʻyamin Netanʻyaxu Haniyaning oʻldirilishini (garchi u buning uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmasa ham) oʻziga qarshi chiqqan “musulmonlarning boshini chopish va urushdagi muvaffaqiyat” sifatida targʻib qildi.

Harakat Sinvarni Haniyaning vorisi etib tayinlash bilan Netanʻyaxuning bu daʻʻvolariga munosib javob berdi. Ishgʻolchilar 7 oktyabrʻ hujumini uyushtirishda Sinvarni asosiy aybdor deb hisoblab, uning taxminiy manzillarini AQShning eng kuchli raketalari bilan oʻqqa tutsa-da, Alloh asragan bandasini yoʻq qila olmayapti. Bu esa dunyo tizgini oʻzining qoʻlida ekaniga shama qilayotgan sionistlar va ular qanchadan qancha begunohlarning qonini toʻkish orqali qurayotgan davlat rahbari uchun sharmandalikdir.  

Netanʻyaxu bu urushda oʻz mavqeyidan deyarli ayrildi va Isroildagi beqarorlik uchun asosiy javobgar shaxs sifatida koʻrilmoqda. Endi minglab falastinlik ayollar va bolalar hamda HAMAS etakchilarining qoni ham uning bu aybini yuva olmasa kerak.

Muzokaralar kuchi

Marhum Ismoil Haniya HAMASni ishgʻolchilar bilan urushni tugatish boʻyicha kelishuvga erishish uchun harakatlantiruvchi kuch sifatida koʻrilardi. Uning oʻldirilishi maʻʻlum darajada bunday bitimga erishish imkoniyatlarini barbod qildi. Asirlarning qaytarilishini istagan koʻplab isroilliklar Netanʻyaxuni urushni toʻxtatishni istamayotgani va kelishuvga erishishga toʻsiq boʻlayotganini taʻʻkidlashadi.

Darhaqiqat, Haniyaning oʻldirilishi Netanʻyaxuning kelishuvdan qochish va urushni imkon qadar uzoq davom ettirish uchun muzokaralarda qoʻllagan hiylalarini fosh qildi. Sinvarning ozodlik harakati boshqaruviga kelishi Netanʻyaxu dunyoni aldashda davom etar ekan, u bundan buyon muzokaralarni davom ettirolmasligini barchaga bildirib qoʻydi. Vositachilar kelgusida har qanday kelishuvga erishish uchun endi makkor dushmanni yaxshi taniydigan Sinvar bilan gaplashishga majbur.

HAMASning asosiy ustuvor vazifasi esa – Gʻazo sektorida Isroil qirgʻinini toʻxtatish va 7 oktyabrdan keyin qoʻlga kiritilgan strategik yutuqlarni saqlab qoladigan kelishuvga erishishdir. 

Mahmud Alluch, Xalqaro munosabatlar boʻyicha tadqiqotchi

Mavzuga aloqador