AQShning Gʻazo sektoriga muddati oʻtgan va tarkibida choʻchqa goʻshti boʻlgan armiya payogi tashladi

Ijtimoiy tarmoqlarda AQSh Gʻazo sektoriga tashlagan gumanitar yordamda muddati oʻtgan va tarkibida choʻchqa goʻshti boʻlgan armiya payogi aks etgan video paydo boʻldi.

Avvalroq Qoʻshma Shtatlar Gʻazo sektorining shimoliy qismiga “41,4 mingdan ortiq oziq-ovqat va 23 ming shisha suv”dan iborat navbatdagi gumanitar yordam partiyasini etkazish boʻyicha operatsiya oʻtkazilgani maʻʻlum qilingan edi.

“AQSh Markaziy qoʻmondonligi 9 mart kuni... davom etayotgan mojarodan jabr koʻrgan tinch aholiga muhim yordam koʻrsatish uchun Gʻazo shimoliga gumanitar yordam joʻnatdi”, deyiladi AQSh Markaziy qoʻmondonligi xabarida.

Eslatib oʻtamiz, 9 mart kuni Gʻazoda samolyotdan tashlangan gumanitar yordam paketlari parashyutlari ochilmagani sababli toʻgʻridan-toʻgʻri oziq-ovqat kutayotgan falastinliklar ustiga tushgan, oqibatda eng kamida 5 kishi halok boʻlgan edi.

Mavzuga aloqador