Jurnalist Mehmet Kanji 2023 yilda Bir qutbli dunyo tartibi tushunchasi turli ziddiyatli hududlarda qanday muvaffaqiyatsizliklarga uchragani va 2024 yilgi prognozlari haqida yozdi.
2023 yil sovuq urushdan keyin joriy etilishi moʻljallangan "Bir qutbli dunyo tartibi" inqirozga yuz tutgani bilan esda qoladi.
Gorbachevning 1991 yil 26 dekabrdagi “SSSR tobutiga mix qoqqan” imzosi keyingi 32 yil ichida liberal Gʻarb dunyosining gʻalabasini kutilganidek mustahkamlay olmadi. AQSh boshchiligidagi Gʻarbiy Evropa global farovonlikni barqaror qilish oʻrniga Yaqin Sharq va Bolqondagi mojarolarni kuchaytirdi. Ular Afrikada ilgʻor texnologiyalar bilan mustamlakachilikning yangi davriga eshik ochish uchun Ruandada millionlab odamlarning qirgʻin qilinishiga koʻz yumdilar.
NATOning bir qutbli dunyo tartibi doirasidagi Sharqqa qarab siljish rejasi Ukrainani vayronaga aylantirdi. 2023 yil nihoyasiga etar ekan, Ukrainadagi urush unutildi, AQSh va Gʻarb davlatlarining Ukrainani iqtisodiy va harbiy yordamlari sustlashdi. Agar Ukrainaning Qora dengizda rus flotiga qarshi vaqti-vaqti bilan “teatrlashtirilgan” hujumlari boʻlmaganida, bu jabhada sodir boʻlayotgan voqealar xabar deyishga ham arzimas edi. 
Yana bir “unutilgan” urush Sudanda kechmoqda. 15 apreldagi muvaffaqiyatsiz davlat toʻntarishiga urinish ortidan, Sudan Qurolli Kuchlari bilan Tezkor qoʻllab-quvvatlash kuchlari nomi ostida faoliyat yuritayotgan harbiylashtirilgan kuchlar oʻrtasidagi ichki urushga xalqaro hamjamiyat befarq qaradi. Uyini tashlab ketganlar soni 6 milliondan oshgan boʻlsa, ularning 1 milliondan ortigʻi qoʻshni davlatlarga boshpana topgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va uning yordam agentliklari Sudanda tom maʻʻnoda inqirozga uchradi.
2023 yilda mojarolar kuchayishi kutilayotgan yana bir mintaqa bu Pokiston va Eronni oʻz ichiga olgan Balujiston viloyatidir. 2021 yilda AQShning Afgʻonistondan chiqib ketganidan keyin ortda qoldirgan qurollarini faqat Tolibon qoʻlga kiritmadi, Pokiston va Eronda faoliyat yuritayotgan ayirmachi balujiy guruhlari ham bu manbalardan foydalana boshlagani sababli mintaqada zoʻravonlik kuchaydi.
Isroilning Gʻazoga hujumi 2024 yilda davom etar ekan, bu hujumlarning Livan va Qizil dengizga boʻlgan tahdidlari ham ortadi. Isroil hukumati Livan hududining Litani daryosigacha boʻlgan qismini bosib olish niyatini yashirmayapti. 
Yamanda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan xusiylar Suvaysh kanali orqali amalga oshirilayotgan global savdoni tubdan tebratib yuborish qobiliyatiga ega ekanligni namoyish etdi. AQSh ushbu tahdidni bartaraf etish uchun amalga oshirmoqchi boʻlgan "Rafah qoʻriqchisi operatsiyasi"ni esa birinchi haftasidayoq Ispaniya, Frantsiya va Italiya tark etdi. Vashington izoh berishdan oʻzini tiygan bu voqea Gʻarb lagerining "bir qutbli dunyo tartibi"ga boʻlgan munosabatining amaldagi ifodasi boʻldi. 
Shuningdek, Sahroi Kabir va Afrikaning janubi-gʻarbiy qismidagi hududlarda terroristik xarakterdagi toʻqnashuvlar, Myanmadagi xunta maʻʻmuriyatiga qarshi qurolli kurash olib borayotgan guruhlar faoliyati ham kuchaygan.
Janubi-Sharqiy Osiyoda energiya va savdo yoʻllarini qayta shakllantirishda strategik ahamiyatga ega boʻlgan Myanma, Xitoy bilan 2129 km, Hindiston bilan 1643 km chegarasi tufayli AQSh va Rossiyaning katta qiziqishiga sabab boʻlmoqda.

2023 yilgi mojarolar 2024 yilda yangi miqyosda boʻladi
Tayvanda 13 yanvarda boʻlib oʻtadigan prezidentlik va yalpi saylovlar yangi yildagi ehtimoliy inqirozlarning birinchi toʻlqinini boshlab keladi. Mustaqillik tarafdorlarining saylovda gʻalaba qozonish ehtimoli katta. Biroq, Qoʻshma Shtatlar Pekin maʻʻmuriyatidan Moskvaning Ukrainaga aralashuviga oʻxshash harakatlarni kutmoqda. Garchi Xitoy Xalq Respublikasi Tayvanni urush yoʻli bilan qoʻshib olish niyati yoʻqligini tez-tez takrorlasa-da, Qoʻshma Shtatlar oʻzining 886 milliard dollarlik mudofaa byudjetining salmoqli qismini Xitoy Xalq Respublikasini tiyib turish uchun ajratayotganini eʻʻtibordan chetda qoldirmaslik kerak. 
Yaponiyaning qurollanish borasidagi harakatlari, ishlab chiqargan qurollarini eksport qilish uchun qonunlariga kiritgan oʻzgarishlari, Shimoliy Koreyaning Rossiyadan kosmik texnologiyalarni qoʻlga kiritish yoʻlidagi qadamlari ham Hind-Tinch okeani mintaqasini 2024 yilda issiqroq qiladigan omillardir.

Lotin Amerikasi kutilmagan hodisalarga toʻla
Keling, nisbiy osoyishtalik hukm surayotgan Lotin Amerikasiga oʻtaylik. Venesuela oʻzining boy er osti resurslariga ega qoʻshnisi Gayana hududiga daʻʻvo qilganida boshlangan keskinlik, Britaniya HMS Trent harbiy kemasini mintaqaga joʻnatganidan soʻng yangicha tus oldi. Buyuk Britaniyaning safarbar qilingan floti faqat Gayanaga qaratilgan deb oʻylamaslik kerak. 10 dekabrʻ kuni lavozimga kirishgan Argentina Prezidenti Xavier Mileyning Folʻklend/Malvin orollari ustidan huquqlar daʻʻvo qilgan ritorikasi ham Britaniya dengiz qoʻshinlarining Janubiy Atlantikadagi kuchini koʻrsatib qoʻyishini kun tartibiga olib kelishi mumkin.

Arktika mintaqasi uchun rejalar amalga oshirilmoqda
2024 yilda tabiiy resurslar va savdo yoʻllariga egalik uchun keskinlik kuchayishi mumkin boʻlgan boshqa bir joʻgʻrofiy mintaqa – Arktika kengliklari. Bloomberg agentligining yozishicha, AQSh Davlat departamenti AQShning kontinental shelʻfini 1 million kvadrat kilometrga koʻpaytirishni nazarda tutuvchi qarorni amalga oshirishga hozirlik koʻrmoqda, buning deyarli barchasi Arktika qitʻʻasisiga toʻgʻri keladi. Ushbu hudud AQShning Alyaska shtatining shimoliy va gʻarbiy qismidagi dengiz hududlarini qamrab oladi. Rossiya mintaqadagi hukmronligini mustahkamlash uchun "Projekt 22220 Arktika" tipidagi yadroviy muzyorar kemasini qurishga tayyorlanmoqda.

2024 yilda koinot yana ziddiyatli hududga aylanadi
Tegilmagan resurslarga erishish uchun kurash haqida gapirganda, biz 2023 yilda Erning sunʻʻiy yoʻldoshi Oydagi suv resurslariga erishish uchun kurashni ham eslab oʻtishimiz kerak. Rossiyaning Oyga yuborilgan “Luna-25” rusumli mashinasi er yuzasiga qulab, vayron boʻlgan bir paytda, Hindistonning “Chandrayaan-3” apparati Oyning janubiy qutbiga muvaffaqiyatli qoʻndi. Qayta boshlangan "Oyga sayohat" poygasida 2024 yilda AQShdan muhim hamla kutilmoqda. Artemida loyihasi doirasida NASA 3 nafar amerikalik va 1 nafar kanadalik astronavtni Oy orbitasiga joʻnatadi. Agar bu missiya muvaffaqiyatli yakunlansa, 2025 yilda 53 yillik tanaffusdan soʻng AQSh yana Oy yuzasiga astronavtlarni qoʻndirishga harakat qiladi. Artemis loyihasining eng muhim maqsadlaridan biri shundaki, AQSh Oyda baza oʻrnatish orqali fazo kengliklariga parvozlarni yanada tejamkor qilishni xohlaydi. Bundan tashqari, Vashington maʻʻmuriyati Oydan erdagi raqiblarini kuzatish va kerak boʻlganda ularga zarba berish uchun qurol platformasi sifatida ham foydalanmoqchi.

AQSh va Evropadagi saylovlar yangi beqarorlikka olib kelishi mumkin
2024 yilda kutilayotgan mojarolar qatoriga AQShda noyabrʻ oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarni kiritish ham foydadan xoli emas. Donald Tramp prezidentlikdan ayrilgan 2020 yilgi saylovlardan keyin boʻlib oʻtgan Kongress bosqini AQSh ichki siyosati zoʻravonlikka toʻla ekanini ochib berdi. Soʻrovlar Tramp Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod boʻlish uchun kurashda tengsiz ekanini koʻrsatmoqda. Saylovdan oldin, mart oyida Trampga qarshi boshlanadigan federal sud jarayoni AQSh hududida kutilmagan oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin.
Evropa Parlamentining yangi aʻʻzolarini aniqlash uchun 6-9 iyunʻ kunlari boʻlib oʻtadigan saylovlar ham global muvozanatlarga taʻʻsir koʻrsatish salohiyatiga ega. Soʻrov natijalariga koʻra, Evropa Ittifoqi (YI) kelajagiga shubha bilan qaraydigan oʻng markazchi, populist va oʻta oʻng partiyalar 720 oʻrinli parlamentda mutlaq koʻpchilikni qoʻlga kiritishga juda yaqin. Evropa parlamentida oʻta oʻnglarning hukmronligi ham Evropa Ittifoqining kelajagini savol ostida qoldiradi.
Koʻp tomonlama institutlar, xususan, BMT ahamiyatining pasayishi 2024 yilda dunyoni yanada qiyinroq muammolarga duchor qiladi.
 Bu sharoitda Turkiyaning “mintaqaviy muammolarga mintaqaviy echimlar” formulasi katta ahamiyat kasb etadigan muqarrar bir zarurat sifatida poytaxtlar kun tartibiga kiradi.

Mavzuga aloqador