07.02.2024 12:31

BMT: Ukrainadagi urushda 10382 tinch aholi halok boʻldi

BMT Ukrainadagi urushning birinchi kunidan buyon Ukrainada 10382 kishi, jumladan 579 nafari bolalar halok boʻlganini, yana 19659 kishi, jumladan 1285 nafar bola jarohatlanganini maʻʻlum qildi.

BMT bosh kotibining siyosiy va tinchlik oʻrnatish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rozmari DiKarloning maʻʻlum qilishicha, Rossiya-Ukraina mojarosining birinchi kunidan buyon 10382 kishi halok boʻlgan, 19659 kishi yaralangan.

DiKarlo Ukrainaning Lugansk viloyatida Rossiya nazoratidagi Lisichansk shahriga 28 kishining hayotiga zomin boʻlgan hujumdan keyin Moskva boshqaruvi talabi bilan yigʻilgan BMT Xavfsizlik Kengashida nutq soʻzladi.

Uning taʻʻkidlashicha, soʻnggi bir necha hafta ichida Rossiyaning Ukraina nazorati ostidagi hududlarga hujumlari kuchaygan.

“Oʻtgan haftada zoʻravonliklar sezilarli darajada oshdi, ayniqsa Zaporojʻe viloyatida 570 dan ortiq aholi punktlariga hujum qilindi. Hujumlarda 12 nafar tinch aholi halok boʻldi, 60 nafari yaralandi”, — dedi DiKarlo.

DiKarlo BMT inson huquqlari boʻyicha oliy komissari maʻʻlumotlariga tayanib, 2022 yil fevralʻ oyida urush boshlanganidan buyon Ukrainada 10382 kishi, jumladan 579 nafari bolalar halok boʻlganini, yana 19659 kishi, jumladan 1285 nafar bola jarohatlanganini taʻʻkidladi.

Bosh kotib oʻrinbosarining taʻʻkidlashicha, dekabrʻ oyidan beri Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni “yana sezilarli darajada koʻpaya boshlagan”.

“Tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar qaerda sodir boʻlishidan qatʻʻi nazar, xalqaro huquqqa zid ekanligini yana bir bor taʻʻkidlashim kerak. Bu qabul qilinishi mumkin emas va darhol toʻxtatilishi lozim", – dedi u.

DiKarloning aytishicha, millionlab ukrainaliklarning oʻz mamlakatini tark etishlariga olib kelgan mojaroning "oxiri yaqin ekanligidan hozircha darak yoʻq".

Mavzuga aloqador