Qozogʻistonda mahallik korxonalar tomonidan Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchish apparatlarining ilk sinovlari boʻlib oʻtdi. Ular zamonaviy videokuzatuv kameralari, datchiklar, masofa oʻlchash vositalari va teplovizorlar bilan taʻʻminlangan.

Qozogʻistonda Qozogʻiston korxonalari vakillari tomonidan Qurolli Kuchlar ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchish apparatlarining ilk sinovlari boʻlib oʻtdi, deb xabar bermoqda Respublika Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, barcha uchuvchi texnikalar zamonaviy videokuzatuv vositalari, datchiklar, masofa oʻlchash asboblari va teplovizorlar bilan jihozlangan. Mutaxassislar eʻʻtiboriga havoga turli usullarda – katapulʻta, maxsus rezina belbogʻlar, joyidan –  vertolyotga oʻxshab vertikal koʻtarilib, samolyot kabi uchishda davom etadigan dronlar namoyish etildi.

“Ushbu dronlar mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan va qisqa vaqt ichida yaratilgan. Ularning mehnati natijasini aniq koʻrib, baholay oldik. Albatta, takomillashuvlar talab qilinadi. Va shunga qaramay, bu yaxshi boshlanish”, dedi Qozogʻiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi ofitseri, polkovnik Erjan Jakashev.

Qayd etilishicha, mahalliy ishlab chiqarish korxonalari harbiylarning barcha talab va iltimoslarini inobatga olishga harakat qilgan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan dronlarning qabul qilinishi byudjet mablagʻlarini sezilarli darajada tejaydi, ularni keyinchalik texnik xizmat koʻrsatish va modernizatsiya qilish masalalarini tezkorlik bilan hal qiladi, deyiladi vazirlik xabarida.

“Bizda juda samarali “kecha‑kunduz” kameralari, joylashuvni aniqlash funktsiyasi, lazer diapazoni va oʻq-dorilarni chiqarish tizimi mavjud. Bunday xususiyatlar artilleriyani nishonlarga yoʻnaltirishga imkon beradi. Oʻylaymanki, ular Qurolli Kuchlar mutaxassislari tomonidan ijobiy baholanadi”, — dedi ishlab chiqaruvchi vakili Aybek Axish.

Mavzuga aloqador