Qozogʻistonliklarning Rossiya fuqaroligini olishi osonlashdi
Putin qozogʻistonliklarga Rossiya fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi.
Rossiya
prezidenti Vladimir Putin Belarusʻ, Qozogʻiston va Moldova fuqarolariga Rossiya
fuqaroligini qabul qilishni soddalashtirdi. Tegishli farmon 18 dekabrʻ, dushanba
kuni rasmiy huquqiy axborot portalida eʻʻlon qilindi.
Farmonga
koʻra, ushbu mamlakatlar fuqarolari RF hududida besh yil davomida yashash shartisiz
Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berishlari mumkin boʻladi. Shuningdek, ular
mamlakat tarixi va qonunlarini bilish boʻyicha test sinovlaridan ham ozod
qilingan.
Avvalroq Rossiyada
jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlik va harbiy roʻyxatga olishdan boʻyin
tovlaganlik uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish boshlangani xabar qilingan edi.