Qozogʻiston Xitoyga yangi temir yoʻl qurishni boshladi
Baxti-Ayagoz temir yoʻli Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻtkazish qobiliyatini 28 mln tonnadan 48 mln tonnagacha oshiradi.
Qozogʻistonning Abay viloyatida 272 km uzunlikdagi Baxti-Ayagoz yangi temir yoʻl liniyasi
qurilishi boshlandi. Bu haqda Qozogʻiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi liniya qurilishi davomida Xitoy bilan uchinchi – Baxti-Chuguchak chegara punkti ochilishi
rejalashtirilgan.
Umuman olganda, Baxti-Ayagoz temir yoʻl liniyasi Qozogʻiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻtkazish
qobiliyatini 28 mln
tonnadan qariyb 48 mln
tonnagacha oshiradi, janubiy nazorat-oʻtkazish punktlaridagi tirbandlikni bartaraf etib, qoʻshimcha tranzit
hajmini jalb qiladi. Ikki izli temir yoʻl 2027 yilda foydalanishga topshirilishi
rejalashtirilgan.
Keng koʻlamli loyiha xususiy investor ishtirokida
davlat-xususiy sheriklik (DXSh)
tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Qurilish jarayonida 11 ta stantsiya, 47 ta
koʻprik, 23 ta temir yoʻl va 8 ta avtomobilʻ yoʻl oʻtkazgichlari, 5 ta piyodalar
koʻprigi, 16 ta kuzatuv inshooti quriladi.
“Oxirgi
besh yilda tranzit konteyner tashish hajmi 3,2 barobar oshdi. Mavjud tranzit
yoʻlaklari kengaytirilib, yangilari ochilmoqda. Transkaspiy xalqaro transport
yoʻnalishi, «Shimol-janub» va «Janubiy» yoʻlaklari alohida ahamiyat kasb etdi”, —
dedi Smoilov.
Bosh vazirning
taʻʻkidlashicha, oʻtgan yili mustaqillikning 30 yilida Qozogʻiston temir
yoʻllarida maksimal yuk tashish hajmi 245 mlrd tonna/kilometrni tashkil qilgan. Joriy yilda geosiyosiy
vaziyat va infratuzilma cheklovlariga qaramay, yuqori koʻrsatkichlar davom etmoqda,
dedi u.
Smoilovning soʻzlariga koʻra, atigi uch yil ichida respublikada
1300 km dan ortiq temir yoʻl quriladi.
“Bularning
barchasi nafaqat Abay viloyati, balki butun mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy taʻʻsir
koʻrsatadi. Baxti-Ayagoz
loyihasining amalga oshirilishi Qozogʻiston temir yoʻllari tarmogʻining jahon
transport tizimiga integratsiyalashuvini ham tezlashtiradi”, — dedi Smailov.