RASMIY BAYoNOT
“Azon Global” axborot tahliliy portali asoschisi, ustozimiz
Mubashshir Ahmad 2023 yilning 28 dekarʻ kuni tongda Turkiya Ichki ishlar tizimi
xodimlari tomonidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi.
Dastlab
qandaydir anglashilmovchilik boʻlgani, shu bois ommani behuda tashvishga solish kerak
emasligi kabi mulohazalar bilan bu haqda keng ommaga xabar berilmadi. (Ijtimoiy
tarmoqlarda oʻsha kunlari aylangan gaplarga portalning rasman aloqasi yoʻq.)
Undan
keyin, Ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblovlar umuman asossiz ekani, bu
hol dastlabki surishtiruvdayoq aniqlanishiga va ustozni qoʻyib yuborilishiga qatʻʻiy
ishonch bor edi. Ammo, afsuski, vaziyat unday boʻlib chiqmadi.
Turkiya
qonunlari boʻyicha gumonlanuvchini 3 kundan ortiq tutib turish mumkin emas, shu
muddat ichida qoʻyilayotgan ayb isbotlansa,
Adliya idoralariga oʻtkazilishi, isbotlanmasa, chiqarib yuborilishi lozim.
Baʻʻzan chet ellik shaxslarni qaytarib yuborish (deportatsiya) markazlariga oʻtkazishadi
va u erdan oʻz vataniga joʻnatishadi yoki ozod qilishadi.
Dastlabki
surishtiruvlarda, tabiiyki, ustoz Mubashshir Ahmadga qoʻyilayotgan ayblov oʻz
isbotini topmadi. Qaytarib yuborish
(deportatsiya) markazlariga oʻtkazilgan domlani oradan shuncha kun oʻtib ham tutib
turishgani tushunarsiz boʻlib qolmoqda. Albatta, bu hodisa sodir boʻlgan kunidanoq advokatlar
harakatlarini boshlashgan va boshqa barcha kerakli chora tadbirlar koʻrilmoqda.
Shu
oʻrinda xalqimizdan, siz azizlardan iltimosimiz shuki, gʻarazli kimsalar
tarqatayotgan turli boʻhtonlarga eʻʻtibor bermang, duolaringizni darigʻ tutmang.
Inshaalloh, tez fursatda ustoz Mubashshir Ahmad ozod etiladilar va yana ilmu
maʻʻrifat ulashishda davom etadilar.