AQShda sakkiz nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Qayd etilishicha, tojikistonliklar bir muncha vaqt davomida Federal qidiruv byurosi (FQB) kuzatuvida boʻlgan va soʻngra hibsga olingan.

AQShda sakkiz nafar tojikistonlik IShIDga aloqadorlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda NBC News telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik kuchlari mamlakatning turli burchaklarida, jumladan Nʻyu-York, Los-Anjeles va Filadelʻfiyada shubhali shaxslarni qoʻlga olgan. Operatsiyada AQSh immigratsiya va bojxona xizmati xodimlari ham ishtirok etgan.

Bundan tashqari, manbalar hibsga olinganlar bir muncha vaqt Federal qidiruv byurosi(FQB)ning kuzatuvida boʻlganini aniqladilar. Shundan soʻng FQB xodimlari bir paytlari sobiq SSSR tarkibida boʻlgan mamlakat fuqarolarining terrorchilarga aloqasi bor, degan xulosaga kelishgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSh hukumati Kaliforniya chegarachilariga Meksikadan noqonuniy oʻtgan Rossiya, Gruziya, Moldova, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini zudlik bilan deportatsiya qilishni topshirgan edi. Boshqa davlat fuqarolari esa sudga kelish majburiyati bilan ozod qilinmoqda.

Mavzuga aloqador