Uolter Martin ismli shaxs Brovard okrugidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida hijobli musulmon ayolga ogʻzaki tajovuz qilgan, uni turli behayo soʻzlar bilan haqoratlagan.
Amerika-Islom munosabatlari kengashining Florida boʻlimi islomofob jangarilarga qarshi ayblovlar qoʻyilishini olqishladi. 


Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, Kayl Uolter Martin Brovard okrugidagi Fort-Loderdeyl xalqaro aeroportida hijobli musulmon ayolga ogʻzaki tajovuz qilgan, deb yozadi Islamnews.
Martin ayolga tajovuzkorlik bilan yaqinlashib, uni terrorchi deb atagan, soʻng uni quvgan va muslima ayol Spirit Airlines reysiga chiqish uchun xavfsiz joy topmoqchi boʻlganida unga behayo soʻzlarni gapirgan. Bu voqeaga bir necha yoʻlovchi guvoh boʻlgan va ulardan baʻʻzilari muslima ayolni himoya qilishgan. 

Amerika-Islom munosabatlari kengashining bosh advokati Umar Solihning aytishicha, jabrlanuvchi Brovard okrugi tergovchilaridan diniy kamsitilish kabi jinoyatni, ayniqsa aeroportda sinchkovlik bilan tergov qilgani uchun minnatdor. 
“Biror kishini tashqi koʻrinishi uchun (diniy) taʻʻqib qilish har doim qabul qilinishi mumkin emas. Biz rasmiylarga ushbu hodisa yuzasidan tergov olib borgan va ayblov qoʻygani uchun minnatdorchilik bildiramiz”, — deya qoʻshimcha qildi Kengash filiali direktori Kori Saylor.

Mavzuga aloqador