Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 382 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Bayt Lahiya, Rafah va Jabaliya lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 42 603 kishi shahid boʻldi. 

▪️Jabaliya lagerida bosqinchilar koʻchirilganlar boshpana topgan YuNRVA maktabiga oʻt qoʻydi. Bu oxirgi ikki kun ichida bosqinchilar tomonidan hujumga uchragan uchinchi maktabdir. Boshpanalarni 432-Gafati batalʻoni tomonidan yoqilmoqda.

▪️Al-Qassam brigadalari: Gʻazo shimolida isroillik asir oʻldirildi.

▪️Hizbulloh Tel-Avivdagi Glilot harbiy bazasiga hujum qildi. Hayfaga raketalar uchirildi.

 ▪️24 soat ichida bosqinchilar Gʻazo va Livanga 230 ta zarba berdi.

 ▪️Isroilning Bayrutdagi Rafiq Haririy kasalxonasiga bergan zarbasi natijasida 4 kishi halok boʻldi, ulardan biri bola, 32 kishi yaralandi.

 ▪️Ekstremist koʻchmanchilar Nablusdagi Yusuf paygʻambarning (Yusuf) qabrini tahqirlashdi.

Mavzuga aloqador