Bombalanayotgan Gʻazo: 381-kunning asosiy voqealari
Bombalanayotgan Gʻazo: 381-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini
boshlaganiga 381 kun
boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda
butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektorining Bayt Lahiya, Jabaliya, Nuseyrat
va Shati lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan beri 42 603 kishi shahid
boʻldi.
▪️Gʻazo shimoli, ayniqsa Jabaliya lageri va Bayt Lahiya hududi
fashistlar tomonidan 17
kundan buyon qamalda. Odamlar nafaqat bombalardan, balki ochlikdan ham
oʻlishmoqda. Jabaliya
lagerining ikkinchi bloki butunlay vayron qilingan.
▪️Gʻarbiy Sohilda koʻchmanchilar 5-kun ketma-ket Al-Aqso masjidiga bostirib kirmoqda. Gʻarbiy Sohildagi Al-Xalil,
Nablus, Ramalloh va Baytlahmda
ham hujum va reydlar amalga oshirilmoqda. Ikki falastinlik halok boʻldi,
oʻnlab odamlar hibsga olindi.
▪️YuNRVA:
Isroil Gʻazo shimolidagi vayronalar ostida qolgan odamlarni evakuatsiya qilish
boʻyicha shoshilinch talabni rad etdi.
▪️Al-Qassam brigadalari Jabaliya lagerida ishgʻol zirhli tankini portlatib
yubordi. Internetda yirtiq
poyabzaldagi qarshilik
jangchisining
fotosuratlari tarqalmoqda. Ushbu
pistirmada urush boshlangandan buyon eng yuqori martabali zobit – polkovnik Ihsan
Daksa yoʻq qilindi.
▪️Hizbulloh
ishgʻol ostidagi Hayfa, Kiryat Shmona, Tiberiya va Margaliotga 70 dan ortiq raketa
uchirdi. Beyt-Xilldagi harbiy bazaga hujum uyushtirildi. Bosib olingan
hududlarning shimolida yongʻin davom etmoqda.
▪️Bosqinchilar Livanning Tir va Xazen, Baalbek shaharlari
hamda Bayrutning janubiy chekkasidagi Marja tumani chekkalariga qator hujumlar
uyushtirdi.