Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 378 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Zaytun hududi, Rafah, Jabaliya va Magʻozi lagerlariga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 42 438 kishi shahid boʻldi.

▪️Falastin qarshilik harakati etakchisi, HAMAS rahbari Yahyo Sinvar oʻz askarlari bilan birga Rafahdagi jangda halok boʻldi.

▪️HAMAS harakati bosqinchilarning qarshilik qoʻmondoni Yahyo Sinvarning oʻlimi haqidagi bayonotiga munosabat bildirmadi.

▪️Hizbulloh: Dushmanga qarshi kurashning yangi va shiddatli bosqichiga oʻtdik. Bosqinchilar 55 zobit va askarini yoʻqotdi, 500 dan ortiq kishi yaralandi. 20 ta “Merkava tanki, 4 bulʻdozer va ikkita vertolyot yoʻq qilindi.

▪️Livan chegarasida, Aita al-Shaab hududida qarshilik jangchilari bosqinchilar otryadini magʻlub etishdi. Yaradorlar va oʻlganlarni evakuatsiya qilish uchun kelgan bir guruh askar ham hujumga uchradi.

▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Soʻnggi 24 soat ichida Isroilning zarbalari natijasida 45 kishi halok boʻldi va 179 kishi yaralandi.

▪️JSST: Isroil tibbiyot mutaxassislarining Gʻazoga kirishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Mavzuga aloqador