Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik urushini boshlaganiga 158 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar dayjesti.

▪️ Bosqinchilar Dayr al-Balah, Jabaliya, Tal az-Zatariy hududi, Zaytun hududi hamda Gʻazo va Rafah markaziga hujum uyushtirdi.

▪️ Kun davomida 67 kishi halok boʻldi, 106 kishi tan jarohati oldi.

Gʻazodagi agressiya davomida jami 31 122 kishi halok boʻldi, 72 760 kishi yaralandi. Isroil hujumlari qurbonlarining 72 foizi bolalar va ayollardir.

▪️ Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar falastinliklarni oʻldirish va hibsga olish uchun reydlar uyushtirmoqda. Tulkarmda 2 falastinlik shahid boʻldi. Oʻnlab odamlar, jumladan, Al-Aqso masjidiga namoz oʻqish uchun kelgan dindorlar hibsga olingan.

▪️ Bosqinchilar yana Gʻazo markazida insonparvarlik yordami kelishini kutayotgan odamlarga oʻt ochdi. Natijada 9 kishi halok boʻldi, 20 dan ortiq kishi tan jarohati oldi.

▪️ YuNRVA rahbari Filipp Lazzarinining taʻʻkidlashicha, ishgʻolchilar Gʻazoga oʻta muhim tibbiy yordam, jumladan, birlamchi yordam vositalarini olib kirishni taqiqlagan.

▪️ Gʻazo hukumati matbuot kotibi Husni Mexna Isroil blokadagi natijasida Gʻazoda kishi boshiga ichimlik suvi miqdori 90 litrdan 2 litrga tushganini maʻʻlum qildi.

▪️ Bosqinchilar Livan shimolidagi Baalbek shahriga hujum qildi. 1 kishi halok boʻldi, 6 kishi yaralandi.

▪️ Livan Hizbullohi Isroilning Jalila va bosib olingan Golandagi pozitsiyalariga 100 dan ortiq raketa zarbasi berdi.

▪️ Husiylar: Raketalarimiz Qizil dengizdagi Amerikaning «Pinokkio» kemasiga tegdi. Falastin xalqini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Ramazon oyida harbiy amaliyotlarimiz yanada kuchayadi.

Mavzuga aloqador