Xitoyda kreditga asoslangan rivojlanish nihoyat oʻsishda toʻxtab, mamlakat va jahon iqtisodi uchun jiddiy xavfga aylanib bormoqda. Mamlakatda bir haftaning oʻzida 40 ta bank yopildi, yana 3800 ta moliya muassasasi bankrotlik yoqasida. Ularning aksariyati ishlab chiqaruvchilar va mahalliy hukumatlarga qarz bergan.

Xitoyning bank sektori jiddiy inqirozni boshidan kechirmoqda. Bir hafta ichida 40 ta bank faoliyatini toʻxtatdi va Jiangxi Bank of China bankining qulashi bu sektordagi murakkab vaziyatni yanada kuchaytirdi. Mutaxassislar holat jahon iqtisodiyoti uchun ham jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Renminbao portali bankrotlik haqidagi mish-mishlardan xavotirga tushgan mijozlar Jiangxi Bank of China bankiga bostirib kirganini maʻʻlum qildi. Bank avvalroq mijozlar toʻlovlari bilan bogʻliq muammolar tufayli foydasi 30 foizga kamayishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

The Economist nashrining qayd etilishicha, Xitoyda 3800 ga yaqin bank bankrotlik yoqasida. Ularning umumiy aktivlari 5,7 trln dollar yoki mamlakat bank tizimining 13 foizini tashkil etadi. Jurnal ushbu banklar uzoq vaqt davomida notoʻgʻri boshqarilgani, juda koʻp muammoli kreditlar toʻplaganini taʻʻkidlaydi.

Maqolada aytilishicha, ularning aksariyati ishlab chiqaruvchilar va mahalliy hukumatlarga qarz berib, koʻchmas mulk inqiroziga duchor boʻlgan. Mualliflarning taʻʻkidlashicha, soʻnggi yillarda baʻʻzi banklar oʻz portfellarining 40 foizi muammoli kreditlardan iborat ekanligini aniqlagan.

“Kreditlarga asoslangan oʻsish yillari nihoyat oʻz nihoyasiga etdi va Xitoyda oʻsish surʻʻatlarining pastlashishi hamda jahon iqtisodiyotiga salbiy taʻʻsiri buning natijalari boʻladi. Xitoy iqtisodiyoti oʻsishining sekinlashishi, oʻz navbatida, ulardagi bank muammolarini yanada ogʻirlashtiradi”, — deya ogohlantiradi The Economist suhbatdoshi.

Xitoyning koʻplab shaharlari va hatto butun mintaqalari qarzga botib ketmoqda. Majburiyatlar shunchalik kattaki, mahalliy hukumat amaldorlari bahorda Pekinga elchi yuborgan. Toʻlanmagan qarzlar tobora ogʻirlashib mintaqa iqtisodiyotiga va milliy iqtisodiy oʻsishga tahdid solmoqda.

Xitoy shaharlarini choʻktirayotgan qarzlar, birinchi navbatda, koʻchmas mulk inqirozi va pandemiya oqibatlaridir. 

Mavzuga aloqador